16:56 / 17.10.2021
1 874

Diyor Imomxo‘jayev: Masharipovda Osiyo Chempionlar ligasi finalida o‘ynagan ilk o‘zbekistonlik bo‘lish imkoniyati saqlanib turibdi

Diyor Imomxo‘jayev: Masharipovda Osiyo Chempionlar ligasi finalida o‘ynagan ilk o‘zbekistonlik bo‘lish imkoniyati saqlanib turibdi
Osiyo chempionlar ligasi chorak final bosqichidan o‘rin olgan "Al Vahda" hamda "Al Nassr" jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda saudiyaliklar 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Riyodliklar safida harakat qilayotgan Jaloliddin Masharipov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, o‘z nomiga bitta assit hamda ikkita gol yozdirib qo‘ydi. Legionerimiz o‘yinni to‘liq o‘tkazdi.

Shu tariqa, "Al Nassr" yarim finalga yo‘l oldi. Saudiya klubi "Persepolis" va "Al Hilol" jamoalari bellashuvi g‘olibi bilan o‘ynaydi.

Ushbu voqelikdan so‘ng PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev telegramdagi sahifasida o‘z fikrini bildirdi.

- Jaloliddin Masharipov "Al Nassr"dagi eng yaxshi o‘yinini o‘tkazdi va jamoasini Chempionlar ligasi yarim finaliga olib chiqdi: 2 ta gol va bitta golli uzatma. Unda Chempionlar ligasi finalida o‘ynagan ilk o‘zbekistonlik bo‘lish imkoniyati saqlanib turibdi.

"Al Vahda" o‘tgan bosqichda Otabek Shukurov jamoasini ortda qoldirgandi. Bugun esa klub Saudiya jamoasiga qarshi hech narsa qila olmadi
, - dedi Diyor Imomxo‘jayev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Diyor Imomxo‘jayev: Masharipovda Osiyo Chempionlar ligasi finalida o‘ynagan ilk o‘zbekistonlik bo‘lish imkoniyati saqlanib turibdi