
Xalqaro maydonda O‘zbekiston nomidan qatnashayotgan ayni paytdagi yagona klubimiz "Nasaf" OFK kubogi yarim final bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Gong Kongning "Li Man" jamoasiga qarshi kechgan bellashuvda "ajdarlar" 3:2 hisobidagi muhim g‘alabani tantana qildi. Ularning hal qiluvchi bellashuvdagi raqibi Bahraynning "Al-Muharraq" hamda Quvaytning "Quvayt SK" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda aniqlandi. Unda bahraynliklar 2:0 hisobi bilan zafar quchdi.
Endi OFK kubogi chempioni nomiga oydinlik kiritib beruvchi "Nasaf" - "Al-Muharraq" o‘yini 5 noyabr kuni, Bahrayn davlatida bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar