16:45 / 21.10.2021
2 081

Bahodir Jalolov o‘rnini egallaydigan bokschi nomi ma’lum bo‘ldi

Bahodir Jalolov o‘rnini egallaydigan bokschi nomi ma’lum bo‘ldi
Boks bo‘yicha JCHga boradigan sportchilarimiz nomi ma’lum bo‘ldi. Tarkibda yangilar bor. Shu yilning 25 oktabr – 6 noyabr kunlari Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida navbatdagi Jahon chempionati o‘tkaziladi.

Bugun poytaxtimizda mazkur Jahon chempionatida qatnashadigan terma jamoamiz a’zolari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

Ushbu Jahon chempionatida tarixda ilk marotaba sovrindor bokschilar uchun pul mukofotlari ham beriladi. Chempionatda oltin medalni qo‘lga kiritgan bokschi 100 ming, kumush medal egasi 50 ming hamda bronza medali sohibi 25 ming AQSH dollari miqdoridagi pul mukofotiga ega chiqishadi. Shuningdek, Serbiyadagi musobaqalar havaskorlar boksi tarixida ilk marotaba 13ta vazn toifasida tashkil etiladi va O‘zbekiston terma jamoasi unda to‘liq tarkib bilan ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Jahon chempionatida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi quyidagicha:

-48 kg: Nodirjon Mirzahmedov
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov
-54 kg: Shahobiddin Zoirov
-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov
-60 kg: Abdumalik Xalakov
-63,5 kg: Mujibullo Tursunov
-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev
-71 kg: Shahram G‘iyosov
-75 kg: Saidjamshid Jafarov
-80 kg: Odiljon Aslonov
-86 kg: Shohjahon Abdullayev
-92 kg: Madiyor Saidrahimov
+92 kg: Lazizbek Mullajonov.

Bosh murabbiy: Marat Qurbonov
Katta murabbiy: Rahmatjon Ro‘zioxunov

Havaskor boksda Osiyo, jahon va olimpiada chempionligiga sazovor bo‘lgan Bahodir Jalolov endi bor e’tiborini professional boksga qaratishini ma’lum qilgandi. Endi terma jamoa tarkibida og‘ir vaznda uning o‘rnini 22 yoshli Lazizbek Mullajonov egallaydi. Lazizbek yaqinda bo‘lib o‘tgan harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionatida chempion bo‘lgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bahodir Jalolov o‘rnini egallaydigan bokschi nomi ma’lum bo‘ldi