
Joze Mourino o‘ziga “Nyukasl”dan bo‘layotgan taklif bo‘yicha yakuniy qarorini bildirdi. Angliya klubi saudiyalik investorlar qo‘liga o‘tganidan keyin yangi rahbariyat jamoaga taniqli murabbiylardan birini olib kelmoqchi bo‘lyapti.
“Nyukasl”ni boshqarishi mumkin bo‘lgan nomzod orasida Joze Mourino ham bor.
- “Nyukasl”da ishlaymanmi? Yo‘q, “Roma”da qolishga qaror qilganman. Ketmayman. “Roma” bilan uch yillik shartnoma tuzganman va futbolchilarimni yarim yo‘lda tashlab ketmayman, - dedi Joze Mourino.
Ta’kidlash joizki, portugaliyalik mutaxassis “Roma”da ham “Nyukasl” talab qilayotgan ishni bajarmoqda. Mourino “Roma”ni grand klublar qatoriga qo‘shishi, jamoani Chempionlar ligasining muntazam ishtirokchisiga aylantirishi, Italiya kubogi va UYEFA Konferensiyalar ligasida g‘olib chiqishini ta’minlashi kerak.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar