22:22 / 22.10.2021
2 006

Shuhrat Maqsudov: "Uchrashuvdan oldin turnir jadvaliga qarash yomon oqibatlarga olib kelishini bilar edik"

Shuhrat Maqsudov: "Uchrashuvdan oldin turnir jadvaliga qarash yomon oqibatlarga olib kelishini bilar edik"
Superliganing 23-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Turon" (3:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Shuhrat Maqsudov fikrlarini bildirib o‘tdi.

"G‘alaba bilan "Bunyodkor" jamoasi muxlislari va rahbariyatini chin qalbimdan tabriklayman. Ayniqsa ishqibozlarga katta rahmat aytaman. Bunday o‘yin bo‘lishini oldindan sezgandik. Turnir jadvaliga futbolchilar istaysizmi yoki yo‘qmi baribir qarashadi. "Navbahor"ga qarshi uchrashuvdan so‘ng bu borada har kuni ta’kidladik. Chunki bu yaxshilikka olib kelmasdi. Lekin insoniylik faktori bunga sabab bo‘lardi. Ilk daqiqalardan qandaydir raqibni mensimasdan harakat qilgandek bo‘ldik. Xudoga shukur yakunda haqqoniy g‘alabaga erishdik. To‘g‘ri yutqazishimiz ham mumkin edi. Biroq yigitlarning mehnati, ishonchi bilan uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Chetlatish ham o‘z so‘zini aytmasdan qo‘ymadi. "Turon" jamoasi ham harakat qildi. "Cho‘kayotgan inson cho‘pga ham tayanadi", - deb bejiz aytishmagan. Ularni tushunaman. Futbolchilarga katta rahmat aytaman", - deydi Shuhrat Maqsudov.

- Bugungi g‘alabada raqib futbolchisining ham qizil kartochka olgani qay darajada ta’sir qildi? Ular bir kishi ko‘p bo‘lgan vaziyatda keskinroq hujumlar uyushtirishayotgandi. Bir qarashda ustunlik ular tomoniga o‘tib ketgandek bo‘ldi...
- To‘g‘ri aytdingiz. Qaysidir ma’noda ishimizni yengillashtirdi. "Turon"ga hozirgi vaqtda g‘alaba zarur. Ularning oldinga borishini bilgan holda qarshi hujumda o‘ynashga harakat qildik.

- "Turon" Pro ligaga tushib ketish uchun asosiy davogar bo‘lib turibdi. "Bunyodkor" barcha jamoalarga qarshi o‘ynab chiqdi. Nima deb o‘ylaysiz o‘yin jihatdan Yaypan klubi eng kuchsizimi?
- Yo‘q, bunday o‘ylamayman. Chunki ko‘rib turibmiz, "Andijon"ni ham Superligadan chiqib ketadi, deyishmoqda. Biroq Toshkentda "Lokomotiv" bilan durang o‘ynab ketdi. Futbolda bilib bo‘lmaydi.

- "Bunyodkor" uchta o‘yindan so‘ng endi g‘alaba qozondi. Bu orada "Nasaf" va AGMK faollashdi. Sovrinli o‘rinlar uchun imkoniyatni qanday baholaysiz?
- Buni mavsum oxirida bilamiz. Har bir o‘yinda chiroyli o‘ynashga harakat qilyapmiz. Mavsum yakunlangach hammasi ma’lum bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shuhrat Maqsudov: "Uchrashuvdan oldin turnir jadvaliga qarash yomon oqibatlarga olib kelishini bilar edik"