18:58 / 23.10.2021
2 116

Mikael Sekeyradan achchiq gaplar: "Shu tizim bo‘lsa, O‘zbekiston hech qachon Jahon chempionatiga chiqa olmaydi"

Mikael Sekeyradan achchiq gaplar: "Shu tizim bo‘lsa, O‘zbekiston hech qachon Jahon chempionatiga chiqa olmaydi"
Superliganing 23-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra fikrlarini bildirib o‘tdi.

"O‘yin qiyin o‘tdi. Ilk 20 daqiqalikda "Qo‘qon-1912" jamoasi agressiv o‘yin namoyish etdi. Hakamlar ham o‘yinni shunday davom ettirishga qo‘yib berishdi. Bizning fikrimiz bo‘yicha birinchi golni qo‘li bilan urdi. Ikkinchi bo‘lim o‘ynash uslubimizni o‘zgartirdik. Birinchi bo‘limga qaraganda ancha yaxshi o‘ynadik. 2:1 bo‘lishidan oldin Diyor Turopovda gol urish uchun imkoniyat bo‘lgandi. Hakam bu vaziyatda e’tibor bermadi. Ko‘pchilikning aytishicha futbolkasidan tortib qolgan ekan", - deydi Mikael Sekeyra.

- "Lokomotiv"ning so‘nggi uchta uchrashuvi qoldi. "So‘g‘diyona", "Paxtakor" va Qarshida "Nasaf" bilan. Mana shu uchrashuvlarda ochko olish imkoniyatini qanday baholaysiz?
- Harakat qilamiz. Bugun mag‘lubiyatga uchrashimiz kerakmasdi. Futbolchilar kiyim almashtirish xonasida xafa bo‘lib o‘tiribdi. Bu hakam bizning ishtirokimizdagi 3ta o‘yinda ham mag‘lubiyatga olib kelgan. "Bunyodkor" bilan bahsda o‘ynaydigan vaziyatda penalti qo‘yib bergan. Yakunda ular 3:2 hisobida yutib ketdi. Bugungi hakamlikdan o‘zim ham xafaman. Portugaliyadagi hayotim davomida bunday hakamlikni ko‘rmaganman. Men o‘zimning fikrimni aytaman.

O‘zbekistonda futbolning rivojlanishi uchun bitta yo‘l bor. Akademiyalar ochilmoqda. Bu narsa hal qilib bermaydi. O‘zbekiston UYEFAga a’zo bo‘lganidan so‘ng ko‘tariladi. Osiyoda qolar ekan, bunday tizim bilan hech qachon mundialga chiqa olmaydi. Bu tizim o‘zbek futboliga yakun yasab beradi. UYEFAda hakamlar boshqacha bo‘ladi, futbolchilarning bir-biriga bo‘lgan hurmati o‘zgaradi. Maydonda bir-birini urib sindirmaydi. Munosabat boshqa tomonga buriladi.

Bir kun ketadigan bo‘lsam, juda xafa bo‘lib ketaman. Chempionat yakunlangach uyimga yo‘l olaman. Hafa bo‘ladigan tomonim, bu yerda yaxshi futbolchilar bor. Biroq mazkur tizim, chempionat, hakamlar, akademiyalar ko‘paymasa, UYEFAda bo‘lmasa, hech qachon Jahon chempionatiga bormaydi. Men omad tilayman. Yurtingizda yaxshi insonlarni ko‘rdim. Ammo, shu ketish bo‘lsa, cho‘kishda davom etadi. Men bor haqiqatni aytaman, tamom.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mikael Sekeyradan achchiq gaplar: "Shu tizim bo‘lsa, O‘zbekiston hech qachon Jahon chempionatiga chiqa olmaydi"