08:58 / 27.10.2021
855

Sobiq jahon chempioni Do‘smatov - Bibosinov jangi haqida: «Sezilarli farq bor»

Sobiq jahon chempioni Do‘smatov - Bibosinov jangi haqida: «Sezilarli farq bor»
Taniqli qozog‘istonlik professional bokschi, yengil vazn toifasida sobiq IBA chempioni Marat Mazimbayev Belgradda bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida Tokio Olimpiadasining bronza medali sovrindori Saken Bibosinov hamda Rio Olimpiadasi g‘olibi Xasanboy Do‘smatov to‘qnashuvi haqida fikr bildirdi.

- Do‘smatov, albatta, yaxshi bokschi, Olimpiya o‘yinlari chempioni, ammo -48 kg vaznda va bu jang -51 kg vazn toifasida bo‘lib o‘tadi. Bibosinov balandroq, qo‘llari uzunroq. U g‘alaba qozonishi mumkin, imkoniyati bor.

- Raqiblardan qaysi biri ko‘proq imkoniyatga ega?
- Bu boks, bu yerda doim 50/50. Lekin Do‘smatov 2016 yilda Olimpiada chempioni bo‘ldi va yana -48 kg. Va endi bu -51 kg, boshqa vazn. Farqi seziladi. Bu vaznda Saken yaxshi jismoniy xususiyatlarga ega.

Amalda ham shunday bo‘ldi. Rio-2016 yozgi Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Hasanboy Do‘smatov Tokio Olimpiadasi sovrindori Saken Bibosinovga qarshi ringga ko‘tarildi va afsuski hakamlarning tushunarsiz qarorlari sababli hamyurtimiz mag‘lub bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Sobiq jahon chempioni Do‘smatov - Bibosinov jangi haqida: «Sezilarli farq bor»