2 051
JCH—2021. Bugun 4 nafar o‘zbekistonlik bokschi jang qiladi. Shahram G‘iyosov 4 yil avvalgi mag‘lubiyat uchun revansh ololadimi?
Foto: AIBA
Serbiyaning Belgrad shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatining 29 oktabr kungi bahslarida bir qator o‘zbekistonlik bokschilar ringga ko‘tariladi.
Kun davomida to‘rt nafar O‘zbekiston vakili o‘z jangini o‘tkazadi. 2017 yilgi Jahon chempionati g‘olibi Shahram G‘iyosov dastlabki bosqichda qozog‘istonlik taniqli bokschi Aslanbek Shimbergenovga qarshi jang qiladi. Shahram bu bokschi bilan faoliyati davomida (2017 yil) bir marta to‘qnash kelgan va hakamlarning bahsli qarori sabab mag‘lubiyatga uchragandi.
-54 kg. Shahobiddin Zoirov — Tamir Galanov (Serbiya) – 16:10 dan so‘ng;
-92 kg. Madiyor Saidrahimov — Vladislav Smyaglikov (Belarus) – 15:15 dan keyin;
-60 kg. Abdumalik Halokov — Jasin Lyama (Makedoniya) – 21:25 dan keyin;
-71 kg. Shahram G‘iyosov — Aslanbek Shimbergenov (Qozog‘iston) – 23:00 dan so‘ng.
Eslatib o‘tamiz, musobaqaning dastlabki to‘rt kunida yetti nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘z jangini o‘tkazdi. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Saidjamshid Ja’farov, Odiljon Aslonov va Lazizbek Mullajonov raqiblarini yengib, keyingi bosqichga yo‘l olgan bo‘lsa, Hasanboy Do‘stmatov, Shohjahon Abdullayev va Mirazizbek Mirzaxalilov musobaqa bilan erta xayrlashdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi