20:57 / 30.10.2021
1 452

JCH—2021. Odiljon Aslonov italiyalik bokschini yengdi va 1/8 finalga yo‘l oldi

JCH—2021. Odiljon Aslonov italiyalik bokschini yengdi va 1/8 finalga yo‘l oldi
Foto: Boks federatsiyasi matbuot xizmati
Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha Jahon chempionatining 6-kungi bahslari 30 oktabr, shanba kuni bo‘lib o‘tmoqda.

-80 kg vazn toifasida Odiljon Aslonov 1/16 final doirasida italiyalik Simone Fioriga qarshi ringga ko‘tarildi. Uchala raundda ham ishonchli harakat qilgan Odiljon raqibidan 4:1 hisobida ustun keldi va keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Odiljon Aslonov 1/8 final bosqichida amerikalik Rahim Gonsalesga qarshi jang qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Aslonov 1/32 final doirasida tanzaniyalik Yusuf Changalavega qarshi ringga ko‘tarilishi lozim edi. Ammo uning raqibi noma’lum sababga ko‘ra jangga chiqmagandi va Aslonov avtomatik ravishda keyingi bosqichga yo‘l olgandi.

Musobaqaning dastlabki besh kunida o‘n bir nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘z jangini o‘tkazdi. Nodirjon Mirzahmedov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Saidjamshid Ja’farov, Odiljon Aslonov, Shahobiddin Zoirov, Madiyor Saidrahimov, Abdumalik Halokov va Lazizbek Mullajonov raqiblarini yengib, keyingi bosqichga yo‘l olgan bo‘lsa, Hasanboy Do‘stmatov, Shohjahon Abdullayev, Mirazizbek Mirzaxalilov va Shahram G‘iyosov musobaqa bilan erta xayrlashdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCH—2021. Odiljon Aslonov italiyalik bokschini yengdi va 1/8 finalga yo‘l oldi