
A Seriya 11-turidan o‘rin olgan "Verona" - "Yuventus" uchrashuvi yakunlandi. Mazkur bahsda maydon egalari kuchli raqibdan 2:1 hisobida ustun keldi.
11 va 14-daqiqalarda Jovanni Simenone gol urdi. Bunga javoban "keksa sinora" futbolchisi Makkeni ikkinchi bo‘limda bir bor javob bera oldi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng "Verona" ochkolari sonini 15 taga yetkazib olib, Italiya chempionati turnir jadvalida 7-pog‘onaga ko‘tarilib oldi. Allegri shogirdlarida hozirda ham shuncha ochko va ular 8-o‘rinda joylashgan.
Verona – Yuventus 2:1 (2:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 11 Simeone, 2:0 – 14 Simeone, 2:1 – 80 Makkenni.
"Verona" – Montipo, Faraoni, Gyunter, Davidovich, Kazale (Chekkerini, 67), Lazovich (Shutalo, 67), Velozu, Tamez (Bessa, 75), Barak, Kaprari, Simeone (Kalinich, 83).
"Yuventus" – Shchensni, Danilo, Kellini, Bonuchchi, Aleks Sandro (Pellegrini, 82), Kuadrado (Kulusevski, 69), Rabo (Lokatelli, 57), Bentankur (Makkenni, 58), Artur (Bernardeski, 69), Morata, Dibala.
Ogohlantirish: Lazovich (26), Danilo (29), Kazale (57), Faraoni (61), Artur (61), Morata (76), Gyunter (76).
A SeriyaVerona YuventusJovanni SimeoneItaliya ChempionatiFutbol UchrashuviG‘alaba Taqdim Etdi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar