
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich 40 yoshida futbol o‘ynayotgani haqida gapirdi.
- Men hammaga 40 shunchaki raqam ekanligini isbotlamoqchiman. Hali ham o‘zim yoqtirgan ish bilan shug‘ullanishim mumkin. Ha, men 5-10 yil oldingidek o‘ynay olmayman, lekin hozirda aqlliroqman va tajribam ko‘proq.
- O‘yiningizdan hayratda qoldingizmi?
- Yo‘q, men eng zo‘r futbolchiman. Agar sen eng zo‘r bo‘lsang, bu ajablanarli emas.
Menda isbotlash uchun hech narsa yo‘q, lekin faoliyatimni yakunlaganimdan so‘ng afsuslanmayman, hali ham o‘ynashim mumkin deb o‘ylayman. Men o‘z io‘imda davom etaman.
- "Milan" oxirgi klubingiz bo‘ladimi?
- Ishonchim komil emas... Men imkon qadar uzoqroq o‘ynashni xohlayman. Agar ular meni qo‘yib yuborishga qaror qilsalar, buni to‘g‘ri tushunaman, lekin o‘ynashda davom etaman, - dedi shved forvardi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar