
Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
Bugun O‘zbekiston sharafini 4 nafar bokschimiz himoya qiladi. Dastlab Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-67 kg) yaponiyalik Sevonrets Okazava bilan jang o‘tkazadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan taxminan 18:15dan keyin start oladi (A ring).
Saidjamshid Jafarov (-75 kg) ozarbayjonlik Mirsharif Kozimzoda bilan to‘qnash keladi. Jang taxminan Toshkent vaqti bilan 19:45 boshlanadi (V ring).
Mujibullo Tursunov (63,5 kg) Xitoy Taypeyi vakili Chu en Laiga qarshi Toshkent vaqti bilan taxminan 23:30da boshlanadi (V ring).
Odiljon Aslanov (-80 kg) amerikalik Robbiy Gonsalesga to‘qnash keladi. Jang Toshkent qvaqti bilan taxminan 01:00da boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar