21:13 / 01.11.2021
1 532

«MYU»dan yirik hisobda yengilgan «Tottenxem» murabbiyni ishdan bo‘shatdi

«MYU»dan yirik hisobda yengilgan «Tottenxem» murabbiyni ishdan bo‘shatdi
«Tottenxem» bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu bugun ishdan olingan. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi. Santu «taqachilar»ni 30 iyundan beri boshqarib kelayotgandi. Uning ishdan ketishiga so‘nggi o‘yinlardagi mag‘lubiyatlar sabab bo‘lgan. Xususan, «MYU»ga o‘z maydonida yirik (0:3) hisobida yutqazgandi.

Yangi bosh murabbiylikka esa asosiy da’vogar Antonio Konte bo‘lib turibdi. Qiziq tomoni shundaki, agar APL 10-turida «MYU» yutqazganida ham Sulsherning o‘rniga Konteni olib kelishmoqchi edi. Ammo Ole o‘ziga berilgan so‘nggi imkoniyatdan unumli foydalana oldi.

Italiyalik insayder jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, Konte bugun «Tottenxem» bilan muzokaralarni yakunlash uchun o‘z jamoasi bilan Londonga uchib borgan. Tez orada shartnoma imzolanishi kutilyapti.

Ayni paytda «Tottenxem» musobaqa jadvalida 15 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda. Bugun oqshom «Vulverxempton» va «Everton» turni yakunlab beradi. Ularning natijasiga qarab londonliklar yana pastlashi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «MYU»dan yirik hisobda yengilgan «Tottenxem» murabbiyni ishdan bo‘shatdi