
Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
Biroz avval Saidjamshid Jafarov (-75 kg) ozarbayjonlik Mirsharif Kozimzoda bilan to‘qnash keldi. Jangda hamyurtimiz g‘alaba qozondi.
Jangdan so‘ng vakilimiz o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Bugun ikkinchi raqam ostida harakat qildim. Sababi raqibni o‘rgandim. Murabbiylarning ko‘rsatmalarini bajarishga urindim. Chap qo‘lda jang qilganim uchun asosan tanaga zarba yo‘lladim.
Himoyaga e’tibor qaratmadim? Taktika shunday. Keyingi bosqichda ukrainalik bokschi bilan kuch sinashaman, - dedi Saidjamshid Jafarov.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar