20:40 / 02.11.2021
2 034

Timur Kapadze: "Futbolchilar kelajakdan ko‘ra hozir xato qilgani foydaliroq"

Timur Kapadze: "Futbolchilar kelajakdan ko‘ra hozir xato qilgani foydaliroq"
23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi saralashidan o‘rin olgan 3-tur doirasidagi Kuvayt - O‘zbekiston (1:5) uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur bahsdan so‘ng O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiy Timur Kapadze fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Birinchi navbatda g‘alaba bilan barchani tabriklayman. Har bir o‘yinda kelib qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat. Turnirdagi uchta o‘yin bizga katta tajriba berdi. Birinchi uchrashuv qiyin bo‘ldi. Raqib ham kuchli jamoa edi, deya olaman. Lekin o‘sha bahsdan to‘g‘ri xulosa chiqardik. Kamchiliklarni bartaraf etdik. Uchta terma jamoa ham turli taktikada o‘ynadi. Darajasi turlicha. Bir tomondan biz uchun qiziqarli kechdi. Har bir o‘yinga alohida tayyorlandik. Kuvaytning qarshi hujumi kuchli ekanini bilardik. Hujumda o‘ynasakda, himoyani esdan chiqarmasligimiz talab etilgandi. Himoyachilar tayyor turishi kerak edi. Birinchi bo‘limda raqib maydonida o‘yin kechdi", - deydi Timur Kapadze.

- Ushbu musobaqa terma jamoamiz uchun rasmiy maqomga ega emas, muhimlilik darajasini ham yuqori, deb bo‘lmasdi. Shuning uchun futbolchilar bosimsiz erkin o‘ynay oldi. Agarda saralash biz uchun haqiqiy rasmiy tarzda o‘tganida o‘yinchilar shunday bemalol harakat qila olarmidi?
- Nima bo‘lganda ham uyda, muxlislarimiz ko‘z o‘ngida to‘p tepar edik. Shunday ekan tabiiyki, bosim katta bo‘ladi. To‘g‘ri bizda xotirjamlik bor edi. Mag‘lubiyat biz uchun yarashmasdi. Imkoniyatni berib qo‘ysak ham kuchli bo‘lib qaytishimiz kerak. Balki uchrashuvlar rasmiy tarzda o‘tganida bosim bundan yuqori bo‘lardi, deb o‘ylayman. Turnirda ishonch tomondan, ruhiy jihatdan yanada kuchli bo‘ldik.

- Ilk o‘yinda va bugun darvozabonning qo‘pol xatosidan so‘ng gol o‘tkazib yubordik. Ushbu muammoni qanday bartaraf etish mumkin?
- Musobaqada 3ta darvozabonga ham imkoniyat berdim. Ularni tekshirib oldik. To‘g‘ri kamchilik bor. Chunki ular ayni o‘sayotgan payti. Ishlashda davom etamiz. Yaxshi to‘p tepgan o‘yinimizni ham xatolarini ko‘rib chiqib tahlil qilamiz. Futbolchilar kelajakda qo‘pol xato qilgandan ko‘ra hozir shuni qilgani foydaliroq. Chunki o‘sish jarayonida xatosini ko‘rib tahlil qiladi, uning ustida ishlaydi. Darvozabonning yagona xatosi golga aylanadi. Odatda hujumchilar, yarim himoyachilar oddiy uzatmalarda xato qilsa ko‘zga tashlanmaydi.

- Keyingi rejalar qanday?
- Rejamiz mavsumni yaxshi bitirib olish. Keyingi yil bizni uyda yaxshi musobaqa kutyapti. Dekabrda o‘tkazishimiz kerak bo‘lgan yig‘inimiz bor. Ko‘ramiz Turkiya yoki BAAda xalqaro turnir bo‘lsa, shu orqali tayyorgarlik ko‘ramiz. Oldindan biror narsa deyish qiyin.

- Saralashda qay darajada asosiy tarkibni aniqlab oldingiz?
- Men uchun hammasi bir xil. Deylik Xojimatni anchadan beri chaqirmagandim. Milliy terma jamoaga jalb qilinayotgandi. Bu safar uni taklif qildik. Xojimatdek futbolchi har bir jamoaga kerak. Seleksiya yana davom etadi. Bitta futbolchi o‘sishdan to‘xtasa o‘rniga boshqasi chaqiriladi. Buni o‘zlariga ham ta’kidlayman. Yigitlar to‘xtab qolishi kerak emas. Xatolarini hammasi yaxshi biladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Timur Kapadze: "Futbolchilar kelajakdan ko‘ra hozir xato qilgani foydaliroq"