
Foto: Boks federatsiyasi matbuot xizmati
Belgrad shahri mezbonligida o‘tayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatining 2 noyabr kungi bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
-63,5 vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Mujibillo Tursunov kubalik Endi Kruzga qarshi ringga ko‘tarildi. Kubalik bokschi 3:2 hisobida Tursunovni mag‘lub etdi. Shu tariqa Mujibillo musobaqa bilan xayrlashdi.
Tursunov bundan avvalgi bosqichlarda yaponiyalik Tayga Imanaga va Xitoy Taypeyi vakili Chu Yen Lai ustidan g‘alaba qozongandi.
2 noyabr kungi janglarni Madiyor Saidrahimov yakunlab beradi.
-92 kg: Madiyor Saidrahimov — Lyuis Uilyams (Angliya) – 00:40 dan so‘ng.
Avval Hasanboy Do‘stmatov, Shohjahon Abdullayev, Mirazizbek Mirzaxalilov, Shahram G‘iyosov, Shahobiddin Zoirov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Odiljon Aslonov, Nodirjon Mirzahmedov, Saidjamshid Ja’farov va Lazizbek Mullajonov kabi o‘zbekistonlik bokschilar Jahon chempionatini tark etgandi.
Mujibillo TursunovBoks ChempionatiO‘zbekiston BokschilariBelgrad ShahriKubalik BokschiMadiyor Saidrahimov O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar