Belgrad-2021. Abdumalik Xalakov jang o‘tkazmasdan finalga yo‘l oldi

Belgrad-2021. Abdumalik Xalakov jang o‘tkazmasdan finalga yo‘l oldi
Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati hal qiluvchi pallada. Musobaqada chorak finallar yakunlandi. Endi navbat yarim finallarga.

-60 kg vaznli bokschimiz Abdumalik Xalakov JCH yarim finalida eronlik Daniyal Shaxbashga qarshi ringga ko‘tarilishi lozim edi. Biroq, eronlik bokschining jarohati jiddiy ekanligi sababli u ringga chiqmaydi va shu tariqa Abdumalik avtomatik ravishda finalga yo‘l oldi!

Uning raqibi fransiyalik Sofiane Oumia hamda Dominikan Respublikasi sharafini himoya qilayotgan Aleks de la Kruz qarama-qarshiligi g‘olibiga qarshi ringga chiqadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar