20:00 / 04.11.2021
1 634

Mirjalol Qosimov: "Anchadan buyon bu kabi "kambek" bo‘lmagandi"

Mirjalol Qosimov: "Anchadan buyon bu kabi "kambek" bo‘lmagandi"
Coca-Cola Superliganing 24-turidan o‘rin olgan AGMK - "Andijon" (3:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- O‘yin haqida
- Qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Bu yil anchadan buyon bu kabi "kambek"ni amalga oshirmagandik. Masalan? 0:2 yutqazib turib? yakunda g‘alabaga erishgan o‘yinimiz bo‘lmagandi. Yarim soat ichida 3 ta gol urish – bu yigitlarning mehnati.

Mavsum oxirida bu kabi og‘ir o‘yinlar ko‘p bo‘ladi. Chunki, hisob-kitob vaqti, har bir jamoaga ochko juda kerak. "Andijon" ikkinchi raqam ostida o‘ynab, qarshi hujumda vaziyatlardan unumli foydalanishga urinishini bilgandik. Standart vaziyatlar, burchak to‘pi va boshqa vaziyatlardan imkoniyat yuzaga keltirishga urinishlarini kutgandik.

Bizga shijoat yetishmadi. Kiyinish xonasida yigitlarga shu bajarayotgan ishlaringga ozgina shijoat va xohish qo‘shinglar, hammasi yaxshi bo‘ladi, deb aytdim.

Birinchi bo‘limda Kasyanda imkoniyat bo‘lgandi, biroq u darvozani ishg‘ol qila olmadi. Bo‘lim davomida to‘p ustunga tekkan holat ham xavfli chiqdi.

Hozirda milliy terma jamoamiz yig‘ini tufayli ozroq dam olamiz. Keyin yana ishga kirishamiz va navbatdagi tur o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘ramiz. Bizni qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik bildiraman.

- Gollarni zaxiradan tushgan futbolchilar kiritishdi. Bu oldindan o‘ylangan rejamidi?
- Shogirdlarimning qaysi biri gol ursa ham farqi yo‘q, birdek xursand bo‘lamiz. Jamoaviy o‘yinda hamma bir-birini to‘ldiradi. Har bir futbolchi jamoa g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shishi kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: "Anchadan buyon bu kabi "kambek" bo‘lmagandi"