OFK kubogi-2021 finali oldidan "Nasaf" ustozi Ro‘ziqul Berdiyev va jamoa sardori Umar Eshmurodov matbuot anjumanida qatnashishdi.
OFK kubogi-2021 final uchrashuvi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda “Nasaf” jamoasi ustozi Ro‘ziqul Berdiyev va jamoa yetakchilaridan biri Umar Eshmurodov ishtirok etishdi.
Ro‘ziqul Berdiyev: "Ertaga bizni final kutyapti. Ikkala jamoa ham finalga osonlikcha yetib kelmadi. Shu sababli ikkala jamoa ham maydonda borini berib harakat qiladi.
Raqib jamoani o‘rganib chiqdik. "Al Muharraq" – juda yaxshi shakllangan jamoa. Tarkibida mahoratli futbolchilari ko‘p. Ancha tartibli o‘ynaydi. Yigitlarga raqib to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berishga harakat qildik.
Balki issiq ob-havo biroz qiyinchilik tug‘dirishi mumkin, lekin bu bahona bo‘la olmaydi. Qanday qiyinchilik bo‘lsa-da, biz final uchrashuvida yaxshi o‘ynagan holda, asosiy maqsadimizga yetishga harakat qilamiz.
Final – bitta o‘yindan iborat. To‘g‘ri, musobaqa to‘purari, assistlar yetakchilari, ko‘p gol urish kabi raqamlar va statistikalar biz tarafimizdadir. Biroq oldingi o‘yinlar natijalarini unutgan holda, bor e’tiborimizni oldimizdagi hal qiluvchi bahsga qaratamiz".
Umar Eshmurodov: "Ertaga muxlislarimizni, xalqimizni chiroyli g‘alaba bilan xursand qilish uchun maydonga tushamiz va borimizni beramiz".
Eslatib o‘tamiz, "Al Muharraq" hamda "Nasaf" o‘rtasidagi final bahsi ertaga Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi.
Manba: pfl.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi