Otabek Xolmatov AQSHning “Warriors Boxing Promotions LLC” promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolaganidan keyin joriy yilning avgust oyidan professional bokschilik faoliyatini boshlagan edi.
Iste’dodli bokschimizga AQSH fuqarosi hisoblangan Svyatoslav Mangushev promouterlik qilmoqda. Umaman olganda, bu mutaxassis asosan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hududidagi mamlakatlardan yetishib chiqqan iqtidorli charm qo‘lqop ustalarini jamlab, kuchli jamoa tashkil qilgan. Uning qo‘l ostidagi bokschilarning aksariyati mag‘lubiyatsiz odimini davom ettirayotgan ahamiyatli.
Tarkibda rossiyalik Artyom Brusov (9 (8 ta nokaut)-0-0), Pavel Fyodorov (2-0-0), Andranik Grigoryan (14(3 ta nokaut) -0-0), Andrey Mangushev (5(4 ta nokaut)-0-0), Vadim Musayev (4-0-0), gruziyalik Otar Eranosyan (10(6 ta nokaut)-0-0), ukrainalik Vitaliy Kopilenko (28(13 ta nokaut)-3-0), tojikistonlik Mehrubon Sanginov (12(9 ta nokaut)-0-1) kabi bokschilar bor.
Shuningdek, Svyatoslav Mangushev Otabek Xolmatovdan tashqari o‘zbek boks maktabi tarbiyalanuvchilaridan Kozimbek Mardonov va Fazliddin Meliboyev bilan hamkorlik qiladi. Havaskorlar musobaqalarida katta tajriba to‘plagan bu ikki bokschimizdan Kozimbek professional ringda ikkita g‘alaba va bitta mag‘lubiyat qayd etdi. Fazliddin Meliboyev esa professonal debyutini kutmoqda.
Kuchli zarbasi va ketma-ket nokautlari bilan ummonortidagi muxlisu mutaxassislar e’tibori va e’tirofini qozona boshlagan Otabek Xolmatov ham havaskorlar o‘rtasida yaxshi natijalar qayd etgan. U o‘z vazn toifasida o‘zbekistonlik kuchli bokschilardan jahon chempioni Mirazizbek Mirzaxalilov, Abdulhay Shorahmatov, Mujibullo Tursunov, yaponiyalik Xayato Sutsumi, Dominikan Respublikasi vakili Luis Reynaldo Nunes, filippinlik Karlo Paalam, fransiyalik Bilol Bennama, rossiyalik Jamol Badruddinov bilan kuch sinashib, ularning aksariyatini mag‘lubiyatga uchratgan.
Havaskor boks maktabida orttirilgan tajriba, charxlangan mahorat Otabek Xolmatovga professional faoliyatida ham katta yordam beryapti. Otabek kuni kecha oltinchi marotaba ringga ko‘tarilib, ketma-ket oltinchi g‘alabasini nishonladi.
Hamyurtimiz Kolumbiyaning Santyago de Tolu shahridagi “Coliseo Luis Patron Rosano” arenasida tashkil etilgan professional boks kechasida mezbonlar vakili Pedro Ramires bilan raqobatlashdi.
Olti raundga mo‘ljallangan reyting jangi oxirigacha davom etmadi. Uchinchi raund yakunlanishi arafasida kolumbiyalik bokschi Otabekning kuchli zarbasini o‘tkazib yubordi va ringga quladi. Sof nokaut. Xolmatov oltita jangdan beshtasida raqiblarini sof nokautga yo‘llagan va bitta bahsda texnik nokaut qayd etgan.
Eslatib o‘tish joizki, hamyurtimiz asosan AQSH va Kolumbiyadagi professional boks kechalarida ishtirok etmoqda va mezbon bokschilarni tiz cho‘ktirib kelmoqda.
Xususan, professional boks markazi bo‘lgan Amerikada tajribali Xuan Gabriel Medina, Marselo Uilyams, Karlos Ovado o‘zbek bokschisining kuchli zarbasidan qulagan bo‘lsa, Kolumbiyadagi bellashuvlarda Pedro Ramiresdan tashqari Pablo Gomes va Roberto Lopes ham o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida yuz tuban bo‘lgan edi.
Bu g‘alabadan so‘ng, Otabek Xolmatov o‘z vazn toifasida o‘zbekistonlik bokschilar reytingida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. U ikki yo‘nalish bo‘yicha jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyevdan ortda qolmoqda.
Otabekdan keyingi o‘rinni to‘rtta jangda g‘alaba qozongan Islombek Pirmanov egallab turibdi. Bu bokschimiz bir necha kun muqaddam Rossiyadagi professional boks turnirida 83-jangini o‘tkazgan mezbonlar vakili Aleksandr Saltikovni olti raundda taslim qilib, ketma-ket to‘rtinchi nokautiga erishdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi