
Jamoamizning tojikistonlik 22 yoshli mahoratli yarim himoyachisi Ehsoni Panshanbe o‘z mamlakati milliy va olimpiya terma jamoalarining asosiy futbolchisi hisoblanadi.
Yaqinda Tojikiston olimpiya terma jamoasini Osiyo U-23 chempionati saralash bahslarida maydonga sardor sifatida olib tushib, mazkur jamoaning kelasi yili yurtimizda o‘tkaziladigan musobaqaning final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishiga munosib hissa qo‘shgan Panshanbe Tojikiston milliy termasining navbatdagi yig‘iniga chaqirildi.
Qo‘shnilarimiz yuzaga kelgan FIFA kunlaridan unumli tarzda foydalanish maqsadida, 11-18-noyabr kunlari o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazishadi.
Ta’kidlaganimizdek, mazkur yig‘inga “Navbahor” yarim himoyachisi Ehsoni Panshanbe ham taklif etildi.
Tojikiston termasi o‘z o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini 11-14-noyabr kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbe, so‘ngra Qozog‘iston poytaxti Nursulton shaharlarida olib boradi.
Ushbu yig‘in doirasida tojikistonliklar 16-noyabr kuni Nursulton shahrida Qozog‘iston termasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishni rejalashtirishgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar