O‘zbekiston milliy terma jamoasi Srechko Katanes boshchiligida mashg‘ulotlarini davom ettiryapti. Yig‘inga taklif qilingan o‘yinchilar orasida Janubiy Koreya chempionatida to‘p surayotgan legionerimiz Ikrom Aliboyev ham bor.
O‘FA matbuot xizmati ushbu futbolchining klubidagi va terma jamoadagi faoliyatiga doir fikrlari bilan qiziqdi.
- Holatim yaxshi. Garchi klubimdagi oxirgi o‘yinlarda ishtirok etmagan bo‘lsam-da, holatimni yaxshi deb o‘ylayman. Jamoamiz o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani bajargani uchun menga biroz dam berishdi Mavsum oxirida esa muhim vazifamiz turibdi. K-1 ligasiga chiqishimiz kerak. K-1dan tushib ketayotgan jamoa bilan o‘ynaymiz. G‘alaba qozonsak, kuchlilar orasiga chiqamiz.
Terma jamoaga kelsak, muhit a’lo darajada. Murabbiy o‘zgardi, jamoada ko‘p yangi va yosh o‘yinchilar bor. Jarohatimga kelsak, operatsiya qildirgan joyi yaxshi. 100 foiz tayyorman, hammasi yaxshi. Nima bo‘lgan taqdirda ham biz professionalmiz va har qanday muhitga ko‘nikishimiz kerak. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?