
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federasiyasi rasmiy Tvitteri xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, Baxtiyor Ashurmatov O‘zbekiston U23 terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Ushbu mutaxassis jamoani mart oyida bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati saralash bahslariga tayyorlaydi. Xabaringiz bor, Shuhrat Maqsudov yaqinda olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ozod etilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Ashurmatov bir vaqtning o‘zida "Navbahor" bosh murabbiyi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi yordamchi murabbiyi hisoblanadi.
Manba: www.stadion.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar