Dunyoning eng boy besh futbolchisi


Dunyoga mashhur, kuchli futbolchilar boshqa sport turlaridagi atletlardan ko‘proq pul ishlashini bilasangiz kerak...
Dunyoda eng ommabop sport turi – futbol, desak adashmaymiz. Dunyo bo‘ylab 3 milliarddan ortiq futbol ishqibozlari bor. Ularning ko‘pchiligi uchun futbol shunchaki, o‘yin emas, balki hayotning muhim bo‘g‘iniga aylangan. Ko‘pchilik muxlislar uchun futbol o‘yinidan tashqari, futbolchilarning shaxsiy hayoti, qancha pul ishlab topishi ham qiziq. Dunyoga mashhur, kuchli futbolchilar boshqa sport turlaridagi atletlardan ko‘proq pul ishlashini bilasangiz kerak... Eng boy charm to‘p ustalari Yevropaning mashhur futbol klublarida faoliyat olib boradilar. Angliya Premyer ligasida futbolchilar yiliga o‘rtacha 2,3 million funt sterling maosh oladi. Bu jihatdan Premyer liga dunyoda birinchi o‘rinda turadi.
Quyida dunyodagi eng boy besh futbolchi haqidagi ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.
5. Ueyn Runi. Mablag‘i 112 million AQSh dollari

Angliyalik futbolchi bir necha yildirki “Manchester United” klubi sharafini himoya qilib keladi. Runi “Manchester United”dan yiliga 15 million yevro maosh oladi. U Nike, Samsung va Harper Collins kompaniyalari reklamalarida ishtirok etadi.
4. Zlatan Ibragimovich. Mablag‘i 114 million AQSh dollari

Zlatan dunyodagi eng boy klublardan biri Parijning “PSJ” klubida to‘p tepadi. Futbolchi Nivea, Xbox, Volvo va boshqa kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi.
3. Neymar. Mablag‘i 148 million AQSh dollari

Braziliyalik futbolchi Ispaniyaning Barselona klubiga 57.1 million yevro evaziga “Santos” klubidan o‘tgan edi. Neymar Nike, Panasonic, Claro, Volkswagen, Santander, Red Bul va boshqa kompaniyalar bilan hamkorlik olib boradi
2. Lionel Messi. Mablag‘i: 218 million AQSh dollari

Futbol olamida tirik afsonaga aylanib ulgurgan Leo Ispaniyaning “Barselona” futbol klubidan yiliga 26 million yevro maosh oladi. Messi futbol tarixida besh marta oltin to‘p yutgan yagona futbolchidir. Leo Adidas, EA Sports, Ooredoo, Samsung, Lay’s, Audermars Piguet, Gillette va boshqa kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi.
1. Krishtianu Ronaldu. Mablag‘i: 230 million AQSh dollari

Ronaldu “Real Madrid” klubidan yiliga 18 million yevrodan ortiq maosh oladi. Futbolchi Toyota, Emirates, Castrol, Samsung, Nike va boshqa kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi. Ronaldu Nike bilan hamkorlikda CR7 brendi ostida kiyimlar kolleksiyasi ishlab chiqaradi.
- deb xabar bermoqda Qalampir nashri.































Izohlar 0
…