2 161
Katanes Ermatovga hisobot berdi yoxud O‘FAda terma jamoaning kelajak rejalari muhokama qilindi
O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov milliy terma jamoamiz murabbiylar shtabi bilan uchrashdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Uchrashuvda dastlab terma jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanes Gruziyada o‘tgan yig‘in natijalari hamda O‘zbekistondagi faoliyatining dastlabki qismi borasida hisobot taqdim etdi. Shundan so‘ng milliy jamoaning keyingi yilgi rejalari muhokama etildi. Xususan, sloveniyalik mutaxassis tayyorgarlikni yanvar oyidan boshlashi va mavsumlar oralig‘ida bir necha nazorat uchrashuv o‘tkazishni reja qilayotganini ma’lum qildi.
O‘z navbatida Ravshan Ermatov kuchli raqiblarga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari amaliyotini davom ettirish borasida O‘FA tomonidan barcha ishlar qilinishi, yurtimizda umidli, iste’dodli futbolchilar ko‘pligini inobatga olgan holda, seleksiya ishlarini doimiy tarzda amalga oshirish zarurligi, ayniqsa yoshlarga e’tiborni oshirish va barcha futbolchilar milliy jamoada o‘ynash uchun bir xil imkoniyatga ega bo‘lishi kerakligini ta’kidlab o‘tdi.
Terma jamoamizning 2022 yildagi to‘liq taqvimi, o‘yinlarning ehtimoliy sanalari, yig‘in kunlari batafsil ishlab chiqildi. Shuningdek, bugungi kun talabidan kelib chiqib, futbolchilarning tibbiy tekshiruvlarini yanada chuqurlashtirilgan tartibda o‘tkazishga kelishildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi