17:13 / 19.11.2021
11 038

Lukas Mandines: "O‘zbekistonda jang qilish muammo emas va men kamarni o‘z yurtimga olib ketaman"

Lukas Mandines: "O‘zbekistonda jang qilish muammo emas va men kamarni o‘z yurtimga olib ketaman"
Xabaringiz bor, 20 noyabr kuni "Zor TV arena"da U1 promousheni doirasidagi birinchi professional muaytay kechasi tashkil etiladi. Jang kechasining markaziy to‘qnashuvida hamyurtimiz Jahongir "Jojo" Muhammadiy slovakiyalik anchagina jiddiy raqib Lukas Mandines bilan WMC jahon chempionlik kamari uchun ringga ko‘tariladi.

Shuningdek, bir qator qiziqarli to‘qnashuvlar ham o‘rin olgan. Biz ushbu jang avvalidan slovakiyalik muaytay ustasi bilan uchrashib, u bilan qisqacha suxbatda bo‘ldik.

- O‘zbekistonga xush kelibsiz!
- Rahmat.

- Yurtimizga ilk marotaba tashrif buyurishingizmi?
- Ha, birinchi bor Toshkentda bo‘lishim. Yurtingiz juda chiroyli va insonlari mexmondo‘st ekan. Shuningdek, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi chiroyli shaharlaringiz borligini ham eshitdim. O‘ylaymanki, bu so‘ngi tashrifim bo‘lmaydi.

- O‘zbekistonda mezbon jangchiga qarshi ringga ko‘tarilish, sizga ortiqcha bosim yuklamaydimi?
- Yo‘q. Men doimo, o‘z yurtimdan tashqarida janglarda ishtirok etganman va bu muammo tug‘diradi, deb o‘ylamayman.

- Umuman olganda erishgan natijalaringiz biz uchun qiziq?
- Slovakiya chempioniman. Ya’ni, 63.5 kg vazn toifasida vatanimda birinchi raqamli muaytaychiman. Yevropa chempioni va xalqaro turnirlarda g‘alaba qozonganman.

- WMC jahon chempionligi uchun jang qilayotgan birinchi slovakiyalik muaytaychimisiz yoki...?
- Yo‘q. Avval hamyurtim Vladimir Moravchik bu chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan. O‘ylaymanki, men ham ushbu natijani takrorlayman.

- Raqibingiz Jahongir Muhammadiy haqida qanday fikrdasiz?
- Chempionlik kamari uchun jang qilish darajasiga yetgan ekan, oddiy raqib emas!

- Uning janglarini tomosha qilib, qaysidir ma’noda o‘rgangan bo‘lsangiz kerak?
- Albatta, tomosha qildim. Lekin men barchasini ringda o‘ylayman va qaror chiqaraman. Kuchli jangchilar bilan raqobatga kirishish, menga motivatsiya beradi.

- Demak, jangga ruhiy jihatdan tayyorsiz?
- Albatta. Jangga tayyorman va g‘alaba qozonib, kamarni o‘z yurtimga olib ketaman!

- Bizga vaqt ajratganingizdan minnatdormiz va chiroyli jang ko‘rsatishingizga tilakdoshmiz.
- Rahmat. E’tibor uchun xursandman!

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lukas Mandines: "O‘zbekistonda jang qilish muammo emas va men kamarni o‘z yurtimga olib ketaman"