Xabaringiz bor, 20 noyabr kuni Toshkent shahrida professional muaytay kechasi tashkil etildi. Mazkur jang oqshomida yurtimizning eng ko‘zga ko‘ringan vakillari ringga ko‘tarildi. Kechaning faxriy mexmoni esa, 18 karra jahon chempioni gretsiyalik Mayk Zambidis bo‘ldi. Biz ushbu muaytay olamining tirik afsonasi bilan qisqacha suhbat qurdik.
- O‘zbekistonga xush kelibsiz!
- Rahmat. Yurtingizda ekanligimdan xursandman.
- Nazarimda ilk bor tashrifingiz. Umuman O‘zbekiston xaqida taassurotlar qanday edi?
- Albatta, O‘zbekiston haqida ko‘p eshitganman. Qolaversa, o‘zbekistonlik ko‘p sportchilarni bilaman.
- Qaysi sportchilarimiz?
- To‘g‘risi, hozir ism-shariflari yodimda yo‘q. Muaytay, K-1 yo‘nalishida bir nechta yuqori darajadagi vatandoshlaringizni janglarini kuzatganman.
- Bilasizmi, O‘zbekistonda tavallud topgan ko‘plab greklar keyinchalik Gretsiyaga ko‘chib ketishgan. Ular orasida eng mashhurlaridan biri bizning"Paxtakor" hamda Gretsiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Vasilis Xadzipanagis ham bor. U haqida bilsangiz kerak?
- Ha, yonimdagi hamrohim ham (Georgios Skarpotxeos Qo‘qonda tavallud topgan) O‘zbekistonda tug‘ilgan. To‘g‘risi, siz aytgan inson haqida ma’lumotga ega emasman.
- Nahotki, Gretsiyaning eng mashhur futbolchilaridan birini tanimasangiz?
- Ochig‘i futbolchilarni unchalik tanimayman.
- 18 karra jahon chempionisiz, bu faqat muaytay yo‘nalishida erishilgan natijalarmi?
- Yo‘q. K-1 bo‘yicha ham bor.
- Faoliyatingizga e’tibor qaratsak, rossiyalik Batu Xasikov bilan ikki bor to‘qnash kelgansiz va har ikkisida ham mag‘lubiyatga uchragansiz. Ushbu raqibingiz siz uchun juda noqulaymidi?
- Yaxshi jangchi. Albatta, sportda g‘alaba bilan mag‘lubiyat doimo, yonma-yon yuradi.
- Mayk vaqt ajrata olganingizdan xursandmiz. Kelgusi faoliyatingizga omad tilaymiz!
- Rahmat! “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda