O‘zbekiston Coca-Cola kubogi yarim final bosqichidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Bunyodkor" uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Shuhrat Maqsudov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- Jamoamga e’tiroz yo‘q. Yigitlarga o‘yin uchun rahmat aytdim, kiyinish xonasida ularni ruhlantirdim. "Paxtakor" juda kuchli jamoa, buni o‘yinda ham ko‘rsatib berishdi. Tarkibida xalqaro maydonlarda harakat qilgan tajribali futbolchilari bor. Bundan tashqari "Paxtakor"da o‘zim o‘ynaganman, shu klubda nom qozonganman. Shu sababli bugungi mag‘lubiyat menga dalda bo‘lib turibdi.
Bizning futbolchilar yaxshi harakat qilishdi. Yana bir bor "Paxtakor"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Penaltilar seriyasi bu - lotoreya. Ushbu lotoreyada biz yutqazib qo‘ydik.
- O‘yindagi hakamlik haqida fikringiz qanday? Ular o‘yin natijasiga ta’sir ko‘rsatadigan qarorlar qabul qilishmadimi?
- Hakamlar haqida mavsum davomida umuman gapirmadim. Bu borada bir marta "yemagan somsam uchun" pul to‘lab bo‘ldim. Ularni nazorat qiluvchi qo‘mita bor. Juda qo‘ymasangiz aytaman, bugungi o‘yindagi hakamlik uchun e’tirozim yo‘q. Akobirxo‘ja Shukurillayev yaxshi inson va unga omad tilayman. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda