Foto: Navbahor FK
Bugun, 27 noyabr kuni Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Shavkat Abdurrazzoqov «Navbahor» klubi qarorgohida bo‘ldi.
Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, viloyat hokimi Samvel Babayanni rasman bosh murabbiy sifatida tanishtirib, 2022 yildan Samvel Vyacheslavovich Namangan klubini boshqarishini ma’lum qilgan.
«Yurtimizning taniqli mutaxassislaridan biri, «Paxtakor» jamoasi bilan ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritgan, shuningdek, O‘zbekiston milliy jamoasida ham faoliyat yuritgan Samvel Vyacheslavovich Babayan «Navbahor» PFK bilan shartnoma imzoladi.
Jamoamiz 2022 yilgi mavsumni Samvel Babayan bosh murabbiyligida boshlaydi. Biz «Navbahor»ning Samvel Vyacheslavovich qo‘l ostida yuksak natijalarni qo‘lga kiritishi va shonli tarixini qaytarishiga tilakdoshmiz», - deyiladi klub xabarida.
Ikki kun avval, Namangan viloyati hokimi «Navbahor» futbolchilari bilan uchrashib, 2022 yilda klub oldiga katta maqsadlar qo‘yilishi, tarkib kuchaytirishi haqida ma’lum qilgan va jamoa oldiga Superliga so‘nggi turi doirasida «Qo‘qon-1912»ga qarshi vodiy derbisida faqat g‘alaba qozonish vazifasi qo‘yilgandi.
Foto: Navbahor FK
Ma’lumot uchun, Viktor Jalilov murabbiyligidagi «Navbahor» Superliga 25-turidan keyin 6-o‘rinni egallab turibdi. Babayan hozirgi kunga qadar klubda maslahatchi-murabbiy lavozimida ishlardi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda