Superliganing so‘nggi turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Paxtakor” o‘yinidan so‘ng (3:2) mehmonlar bosh murabbiyi Piter Xyuistra o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda "qaldirg‘ochlar" matbuot xizmati xabar berdi.
- O‘yinni juda yomon boshladik, 30-soniyadayoq gol o‘tkazib yubordik. Umuman olganda, bugun yoshlarga imkoniyat berdik va ular ko‘rsatgan o‘yindan zavq oldim. O‘yin juda ham chiroyli bo‘ldi, yoshlarimiz har doim o‘ynaydigan futbolimizni ko‘rsata olishlarini isbotlashdi. Shu sababli bugun umumiy ma’noda jamoamning o‘yinidan qoniqdim. To‘g‘ri, natija yaxshi bo‘lmadi. Biz 70-daqiqadan keyin biroz bo‘shashdik. Balki, yoshlarimiz charchab qolgani tufaylidir. Aslida hisob tomonlama ijobiyroq natijaga loyiq edik. O‘yin tomonidan qarasak, juda ham qoniqdim. Jamoamiz kelajaklarining maydonda o‘zini tutishlarini ko‘rdik, sinovdan o‘tkazib oldik, - dedi Piter Xyuistra. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda