21:00 / 27.11.2021
1 912

Luisma Ernandes: "Kubok finalida qog‘ozda "Paxtakor" favorit, lekin "Nasaf" jang taklif qiladi"

Luisma Ernandes: "Kubok finalida qog‘ozda "Paxtakor" favorit, lekin "Nasaf" jang taklif qiladi"
Superliganing 26-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "Metallurg" (2:3) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Luisma Ernandes matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O‘yin haqida
- Jamoamizni ko‘proq ruhiy tarafdan tayyorlash lozim edi. Oxirgi turda hammasi o‘zimizga bog‘liq ekanligini tushuntirdik. Jarohatlanganlar ko‘pligiga qaramasdan, mavjud futbolchilar borlarini berib harakat qilishdi. Ruhiy tayyorgarligimiz yaxshiligi hisobiga g‘alaba qozondik.

- Uchrashuvga tayyorgarlik jarayonida ko‘proq nimalarga ahamiyat berilgan?
- Bu jamoani juda qiyin holatda qabul qilib oldim, lekin shunga qaramasdan, yigitlar bilan astoydil mehnat qildik. Asosiy e’tiborni o‘z jamoamiz o‘yiniga qaratdik va jipslashgan holda harakat qildik.

- O‘yinni kuzatish davomida butun-diqqat e’tiboringiz shu o‘yinga qaratilganmidi yoki "Surxon" – "Mash’al" bahsi haqida o‘yladingizmi?
- To‘g‘risini aytsam, u o‘yinga umuman e’tibor bermadim. Diqqat-e’tiborimizni faqat o‘zimizning o‘yinimizga qaratdik, buni yigitlarga ham aytgandim.

- O‘zbekiston kubogi yarim final uchrashuvlarini kuzatib bordingizmi?
- Ha

- Kubok finali favoriti qaysi jamoa deb o‘ylaysiz?
- Qiziq o‘yin bo‘ladi. Mavsumning yakuniy o‘yin bo‘lgani uchun ikki jamoa ham borini berib harakatlanadi. Qog‘ozda "Paxtakor" – favorit, lekin "Nasaf" jang taklif qiladi.

- Ispaniya va O‘zbekiston futbolida o‘xshash jihatlar bormi?
- Hozircha haqiqiy ispan futboli qanaqa bo‘lishi muxlislarga ko‘rsatganimiz yo‘q. Umid qilamanki, keyinchalik ispan futboli qanday bo‘lishini "Metallurg" bilan namoyish qilamiz. Albatta, o‘xshash jihatlar bor. Biroq hozir bizda natija muhimligi uchun shunga mos uslubdan foydalandik.

Futbol o‘ziga ishongan va jasur insonlar uchun. Fursatdan foydalanib, "Metallurg" rahbariyatiga, muxlislariga va jamoa xodimlariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

- "Metallurg"ni Ispaniyadagi qaysi jamoaga qiyoslash mumkin?
- Hozircha "Atletiko Madrid" (kuladi). Chunki asosiy urg‘u natijaga qaratilgan va shunga mos uslubda o‘ynayapmiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Luisma Ernandes: "Kubok finalida qog‘ozda "Paxtakor" favorit, lekin "Nasaf" jang taklif qiladi"