Superligani tark etgan “Andijon” jamoasini 8 nafar futbolchi tark etgani oydinlashdi. O‘z oldiga qo‘yilgan vazifa bajarilmagach, tarkibda o‘zgarishlar bo‘lishi turgan gap.
Ma’lum bo‘lishicha, “Andijon”ning o‘z maydonida “Navbahor”ga imkoniyatni boy berganidan keyin jamoaning 8 nafar o‘yinchilariga javob berib yuborilgan. Shu bois oxirgi turda “Turon” bilan bahsda o‘rinbosarlar safidan ham bir qator yoshlar tarkibga jalb qilindi.
O‘z navbatida “Andijon” bilan xayrlashgan o‘yinchilarga to‘xtaladigan bo‘lsak, Diyor Rahimqulov, Mirkomil Lokayev, Asilbek Omonov, Vladislav Vasilev, Mardon Abdullayev, Sherzod G‘ulomjonov, Abdulhay Ismoilov va Xurshid Ubaydullayev endi o‘zlariga boshqa jamoa topishlari mumkin.
“Andijon” rahbariyati yuqoridagi futbolchilar bilan hisob-kitob ishlarini to‘liq amalga oshirganligini ham qo‘shimcha qilish joiz. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda