4 395
Jasur Yaxshiboyevga Portugaliyaning nomdor jamoasidan taklif bor. Xaridor kuchli uchlikda yuradi!
Bir necha kun avval Moldovaning "Sherif" klubi a’zosi Jasur Yaxshiboyev "Futbol" telekanalidagi "Offside" ko‘rsatuvi mehmoni bo‘ldi. O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchi kelgusi rejalari borasida fikr bildirdi. Yaxshiboyev qishki transferlar davrida jamoasini o‘zgartirish rejasi borligini aytdi.
- Menda hozir 2-3 ta variantlar bor. Hozir ochiqchasiga qaysi klublar ekanligini ayta olmayman. Barchasi aniq bo‘lsa keyin gapirish mumkin.
Qaysi davlat? Portugaliyadan! Ushbu mamlakat chempionatida kuchli uchlikda yuradigan klub. Ya’ni, "Portu", "Benfika", "Sporting" kabilardan biri.
Bundan tashqari boshqa jamoalardan ham takliflar bor. Lekin hammasi qishki transferlar davrida oydinlashadi. Shu payt boshqa jamoaga o‘tishim mumkin. "Legiya" baribir meni yaxshi taklif bo‘lsa sotadi.
Transfermarktdagi narxim 750 ming yevro. Biroq sotadigan va oladigan tomon o‘zaro kelishib, narx belgilaydi. Bu uzog‘i 2 million yevrogacha bo‘lishi mumkin, - dedi Yaxshiboyev.
Eslatib o‘tamiz, Jasur Yaxshiboyevning transfer huquqi Polshaning "Legiya" klubiga tegishli. Hamyurtimiz hozir Moldovaning "Sherif" safida ijara asosida faoliyat yuritmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi