11:21 / 03.12.2021
2 556

Ronaldu bosh murabbiyni dubl bilan klubdan kuzatib qo‘ydi

Ronaldu bosh murabbiyni dubl bilan klubdan kuzatib qo‘ydi
Ule-Gunnar Sulsher iste’foga chiqarilganidan keyin yangi murabbiy topilgunga qadar “Manchester Yunayted”ni vaqticha boshqargan Maykl Kerrik klubdan ketdi.

U boshqargan so‘nggi uchrashuvda “Manchester Yunayted” qizg‘in raqobatda “Arsenal”ni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Gollardan ikkitasi Krishtianu Ronaldu va bittasi Brunu Fernandesh hisobiga yozildi.

40 yoshli Maykl Kerrik klubdan ketishini e’lon qilar ekan, futbolchi sifatida bu jamoada ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritganini, doimo “Manchester Yunayted” muxlisi bo‘lib qolishini ta’kdlab, jamoani qabul qilib olayotgan Ralf Rangnik, klub xodimlari va futbolchilarga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Endi “Manchester Yunayted”ni 15-tur o‘yiniga Ralf Rangnik tayyorlaydi. Germaniyalik mutaxassisning debyut uchrashuvida jamoa “Kristal Pelas” bilan raqobatlashadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu bosh murabbiyni dubl bilan klubdan kuzatib qo‘ydi