2 189
"Paxtakor"dagi final oldidan yo‘qotishlar, kubok qo‘lga kiritilsa jamoa rag‘batlantiriladimi? - Piter Xyuistra
4 dekabr kuni Samarqandda O‘zbekiston kubogi final bahsi o‘tkaziladi. Bugun uchrashuvdan oldingi matbuot anjumani tashkil etildi. Unda dastlab, "sherlar" ustozi Piter Xyuistra, futbolchilar Doston Hamdamov va Hojimat Erkinov ishtirok etdi.
Piter Xyuistra: Finalga qadar yetib kelgan barchaga rahmat. Shu bosqichga kelganimizdan xursandman. Lekin bu bilan cheklanmaymiz va ertaga oldimizga qo‘ygan vazifani bajarishimiz lozim.
Raqibning o‘yinini gapirganimdan ko‘ra o‘z jamoa haqida gapirmoqchiman. Cheran va A’zamov bizning yetakchilarimiz. Ularsiz harakat qilishi qiyin. Biroq tarkibimizdagi boshqa futbolchilar ularning o‘rnini to‘ldirishga va bu yo‘qotishlarni bilintirmaslikka urinadi, deb o‘ylayman.
Final nafaqat "Nasaf" uchun, balki biz uchun ham muhim bahs hisoblanadi. Chunki "Paxtakor" uchun ham yilni sovrin bilan tugatish muhim.
"Paxtakor" kubokni qo‘lga kiritsa, qandaydir mukofot va’da qilinganmi? Finaldan oldin futbolchilarga qandaydir rag‘batlantirish haqida gapirish qiyin. Chunki ularning e’tibori o‘yinga qaratilishi lozim. Tarkibimizda yoshlar ham bor. Shu bois ertangi o‘yin ularning butun fikri hayoliga aylanishi lozim.
Finaldan keyin jamoadagi faoliyatim haqida hozir biror gap aytish qiyin. Shaxsan menga O‘zbekiston yoqadi. Jamoadagi barchasi meni qoniqtirmoqda. Keyingi rejalar haqida o‘yindan keyin rahbariyat bilan gaplashib olamiz.
Doston Hamdamov: Finalni intizorlik bilan kutdik. Ertaga qo‘limizdan kelgan barcha ishni amalga oshirishga urinamiz. Hammaning kayfiyati yaxshi.
Hojimat Erkinov: Finalga yetib kelganimizdan xursandmiz. Finalda g‘alaba qozonishga intilamiz. Faoliyatimni legioner sifatida davom ettirishim mumkinmi? Bo‘lishi mumkin. Ammo bu haqda hozir aniq biror narsa deya olmayman. O‘zimga qolsa, kuchli beshlikka o‘tish yoki ikkinchi darajali chempionatlarga yo‘l olish varianti oldimda tursa, men ikkinchi yo‘lni tanlar edim. Masalan, Rossiya Premer-ligasi.
Stadionga qancha ko‘p muxlis kelsa, o‘yin shuncha chiroyli bo‘ladi. Shuning uchun tomoshabinlarni stadionga chorlab qolamiz. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi