14:55 / 04.12.2021
2 429

"Men faqat "Nasaf" haqida o‘ylamoqdaman" - Marko Stanoyevich final oldidan

"Men faqat "Nasaf" haqida o‘ylamoqdaman" - Marko Stanoyevich final oldidan
Qarshining "Nasaf" jamoasi bugun O‘zbekiston kubogi finalida "Paxtakor"ga qarshi maydonga chiqadi. Mazkur bahs Samarqanddagi "Dinamo" stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin oldidan ikki jamoada ham jiddiy yo‘qotishlar borligini bilasiz. "Nasaf"ning yetakchisi Marko Stanoyevich bugun jamoasiga yordam bera olmaydi. Biz bu borada finaldan oldin serbiyalik yarim himoyachining fikrlarini tingladik.

- Marko bugun jamoangiz uchun juda muhim kun. Ikki jamoa deyarli bir xil holatda. Shunday ekan finaldan qanday o‘yin kutyapsiz? Extiyotkorlik asosiy planda bo‘ladimi?
- Bugun qaysidir ma’noda futbol bayrami, desam to‘g‘ri bo‘ladi. Finallar doim muxlislar e’tiborini o‘ziga jalb qilib kelgan. Kecha esa ishqibozlar uchun haqiqiy tantanali jarayonlar bo‘lib o‘tdi. Bugun esa uning davomini ko‘ramiz. Umid qilamanki, ikki jamoa chiroyli futbol ko‘rsatadi. Natija qanday bo‘lishini yakunda ko‘ramiz.

- "Paxtakor"da Dragan Cheran, "Nasaf"da esa siz ishtirok eta olmaysiz. Ikki do‘st finalni birga tomosha qiladimi?
- Bunday mas’uliyatli pallada jamoaga yordam bera olmaslik juda qiyin. Maydon tashqarisida kuzatish undan ham murakkab. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi o‘yinga ruxsat berishiga umid qilgandik. Chunki mavsumning so‘nggi o‘yini qoldi. Lekin bunday bo‘lmadi. Ko‘ramiz, Cheran mendan uzoqlashib ketmasa, finalni birga tomosha qilamiz (kuladi).

- "Nasaf" uchun mavsum hali tugamadi. Shunday bo‘lsada, uzoq yo‘lni bosib o‘tdi. Superliga, OFK kubogidan qanday xulosalar yuzaga keldi?
- Mavsum juda qiyin o‘tdi. O‘zimiz ishtirok etgan musobaqada g‘olib chiqib muxlislarni xursand qilmoqchi edik. Bugun bizda sovrin yutish uchun oxirgi imkoniyat qolgan.

- "Nasaf" bilan shartnomangiz yil oxirida tugaydi. Keyingi rejalashtiringizdan nimalar o‘rin olgan?
- Men faqat "Nasaf" haqida o‘ylamoqdaman. Jamoada qolishdan xursand bo‘lardim. Boshqa takliflar kelib tushmadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Men faqat "Nasaf" haqida o‘ylamoqdaman" - Marko Stanoyevich final oldidan