08:57 / 08.12.2021
2 103

Dunyoning eng qimmat yosh futbolchilari aniqlandi

Dunyoning eng qimmat yosh futbolchilari aniqlandi
Sport tadqiqotlari xalqaro markazi (CIES Football Observatory) dunyoning eng qimmat 23 yoshgacha bo‘lgan yosh futbolchilari ro‘yxatini tuzib chiqdi.

Birinchi o‘rinni Dortmundning «Borussiya» jamoasi hujumchisi Erling Holland egalladi. Undan keyingi o‘rinlarda Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Vinisius Junior va «Manchester Siti» forvardi Fil Foden turibdi.

Yuqoridagi uch hujumchining bahosi 150 mln. yevrodan baholangan. «PSJ» futbolchisi Kilian Mbappe esa 80 mln. yevroga baholangan.

Davrozabonlar orasida Janluiji Donnarumma («PSJ»), markaziy himoyachilar ichida esa Erik Garsiya («Barselona») — 80 mln. yevro bilan yetakchilik qilishmoqda.

Alfonso Devis («Bavariya») eng qimmat qanot himoyachisi (120 mln. yevro) bo‘lsa, «Bayer» futbolchisi Florian Virs eng qimmat va eng yosh hujumkor yarim himoyachi (140 mln. yevro) deb topildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dunyoning eng qimmat yosh futbolchilari aniqlandi