00:18 / 08.12.2021
2 838

“Roma” natija ko‘rsata olmayotgan Mourino bo‘yicha yakuniy qarorga keldi!

“Roma” natija ko‘rsata olmayotgan Mourino bo‘yicha yakuniy qarorga keldi!
“Roma” A Seriyada kutilgan natijalarni qayd etolmayapti. Joze Mourino shogirdlari nafaqat liganing yetakchi klublari, balki o‘rtamiyona va autsayder jamoalariga ham yutqazib qo‘ymoqda. Natijada joriy mavsum uchun jamoa oldiga qo‘yilgan vazifa – Chempionlar ligasiga chiqish va Konferensiyalar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritish imkoniyatidan tobora uzoqlashib bormoqda.

Shularni inobatga olgan holda, ko‘pchilik “Roma” xo‘jayinlarining Joze Mourinoga qanday munosabat bildirishi qiziqtirmoqda. Bundan tashqari, “Everton” portugaliyalik mutaxassisni bosh murabbiylikka chaqirishni rejalashtirayotgani ham bu masalaga ko‘plab muxlisu mutaxassislar e’tiborini qaratdi.

Taniqli jurnalist Fabritsio Romano “Roma” rahbariyati Mourinoga ishonch bildirishda davom etish bo‘yicha yakuniy qarorga kelganini ta’kidlamoqda. Ular bosh murabbiyni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qishki transferlar uchun ham mablag‘ ajratadi.

“Roma” xo‘jayinlari uch yilga mo‘ljallangan loyiha ishlab chiqqan. Uni amalga oshirish orqali “Roma”ni grandklublar safiga qaytirishmoqchi. Loyihaga aynan Joze Mourino bosh bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Shuning uchun ham uning shartnomasi uch yilga mo‘ljallangan va 2024 yilning yozigacha davom etadi.

“Roma”da chempionlar yo‘q!
“Roma” afsonasi Franchesko Totti jamoaning hozirgi muvaffaqiyatsizliklariga qaramay, bosh murabbiy Joze Mourinoni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

- “Roma”ga muxlislik qiladigan sabrli bo‘lishga o‘rganib qolgan. Men Mourinoni jamoani o‘ziga loyiq bo‘lgan yuqoriga ko‘tarishni istayotganiga aminman. Unga vaqt berish kerak va hozirgi holat uzoq davom etmaydi.

G‘olib chiqish uchun buyuk o‘yinchilar va shunga yarasha murabbiy kerak. “Roma”da chempionlar yo‘q, lekin yaxshi o‘yinchilar jamlangan, ularni to‘g‘ri yo‘naltirsa, yaxshi natijaga erisha olishadi
, - dedi Totti.

Mourinoning nishonida kimlar bor?
Joze Mourino “Roma” tarkibi kuchaytirilishi kerakligini ta’kidlab kelmoqda. Sport direktori Tiago Pintu bir necha yo‘nalish bo‘yicha ish olib boryapti.

Rim klubi qiziqayotgan futbolchilar orasida “Norvich” vakili Maks Aarons ham bor. Bu futbolchi o‘ng qanotni to‘liq yopish imkoniga ega. U Rimga kelsa, Rik Karsdorpga o‘rinbosar va raqobatchi bo‘la oladi.

Mourino Bundesligidan ham bir necha futbolchini ko‘zlamoqda. Xususan, “Xoffenxaym” yarim himoyachisi Florian Grillich ham Italiyaga kelishi mumkin.

Bundan tashqari, Rim klubi “Bavariya”ning ikki o‘yinchisiga da’vogarlik qilmoqda. Ulardan biri myunxenliklar tarkibida kutilgan imkoniyatga ega bo‘lmayotgan ispaniyalik yarim himoyachi Mark Rokadir. 25 yoshli futbolchi joriy mavsumda birorta uchrashuvda qatnashmadi. U yozda “Bavariya”ga o‘tkunga qadar bir necha yil davomida “Espanol”ning yetakchi futbolchilaridan bo‘lgan.

Ikkinchi nomzod ancha taniqli Korenten Tolissodir. Fransiyalik yarim himoyachi bu yil asosiy tarkibga kirishga qiynalmoqda. Chempion jamoa safida Bundesligada 306 daqiqa, Yevropa Chempionlar ligasida 94 daqiqa to‘r tepgan o‘yinchi mavsum yakunlanishi bilan Myunxen klubini tark etishga qaror qilgan.

Tolissoga Yevropaning boshqa klublaridan ham qiziqish bo‘lyapti.

“Roma” futbolchisiga xaridor chiqdi
Rim klubining ispaniyalik yarim himoyachisi Gonsalo Vilyar yurtiga qaytib ketishi mumkin. Iste’dodli yarim himoyachi Joze Mourino kelganidan keyin asosiy tarkibga kirishga qiynalmoqda.

Taniqlik jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, 23 yoshli futbolchiga “Valensiya”dan taklif bor.

Ispaniyaliklar Vilyarni yanvar oyida transfer qilmoqchi. “Roma” ham uni qo‘yib yuborishga qarshi emas. Tomonlar muzokaralarni boshlab yuborgani aytilmoqda.

Transfermarkt portali ispan futbolchisini 14 million yevroga baholagan. Vilyar joriy mavsumda atigi to‘rtta uchrashuvda qatnashib, biror samarali harakatni amalga oshirgani yo‘q.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Roma” natija ko‘rsata olmayotgan Mourino bo‘yicha yakuniy qarorga keldi!