
Foto: UYEFA
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining guruh bosqichi yakunlandi. Guruh bosqichining natijalariga ko‘ra 1/8 finalga yo‘l olgan jamoalar nomi aniq bo‘ldi.
Birinchi o‘rinni egallagan jamoalar: «Manchester Siti», «Manchester Yunayted», «Liverpul» (barchasi – Angliya), «Ayaks» (Niderlandiya), «Real» (Ispaniya), «Bavariya» (Germaniya), «Lill» (Fransiya), «Yuventus» (Italiya).
Ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar: «PSJ» (Fransiya), «Atletiko» (Ispaniya), «Sporting» (Portugaliya), «Inter» (Italiya), «Benfika» (Portugaliya), «Vilyarreal» (Ispaniya)/«Atalanta» (Italiya), «Zalsburg» (Avstriya), «Chelsi» (Angliya).
Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalining so‘nggi ishtirokchisi 9 dekabr, payshanba kuni «Atalanta» va «Vilyarreal» o‘rtasidagi uchrashuv so‘ng aniq bo‘ladi. Ushbu jamoalar o‘rtasida 8 dekabrga belgilangan o‘yin vaqti kuchli qor yog‘ishi tufayli qoldirilgan.
Guruhda uchinchi o‘rinni egallagan jamoalar: «Leypsig», «Portu», «Borussiya D», «Sherif», «Barselona», «Sevilya» va «Zenit» Yevropa Ligasiga ravona bo‘ldi.
«Bryugge», «Milan», «Beshiktosh», «Shaxtyor», «Dinamo Kiyev», «Yang Boyz», «Volfsburg», «Malmyo» jamoalari esa guruh bosqichida qolib ketdi.
Pley-off bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi 13 dekabr kuni Shveysariyaning Non shahrida bo‘lib o‘tadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar