
Konferensiyalar ligasi guruh bosqich 6-turidan o‘rin olgan SSKA Sofiya - "Roma" uchrashuvi yakuniga yetdi. Mazkur bahsda rimliklar 3:2 hisobida raqibdan ustun keldi.
"Bo‘rilar" safida Temmi Abraxam dubl qayd etdi. Shuningdek, Mayoral ham raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Mezbonlardan esa Chatakovich va Vildsxut o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng Mourino shogirdlari ochkolarini sonini 13 taga yetkazgan holda, o‘z guruhida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 1 ochko to‘plagan sofiyaliklar "C" guruhida so‘nggi o‘rinni band etdi.
SSKA Sofiya – "Roma" 2:3
Gollar: 0:1 – 15 Abraxam, 0:2 – 34 Mayoral, 0:3 – 53 Abraxam, 1:3 – 75 Chatakovich, 2:3 – 90 Vildsxut.
SSKA Sofiya – Buzatto, Galabov, Matey, Lam, Maziku, Von (Chatakovich, 64), Jeferson, Muxar, Yomov (Vildsxut, 46), Be (Kvarema, 90), Kaysedo (Krastev, 63).
"Roma" – Fuzato, Karsdorp, Manchini, Kumbula, Rojer, Vinya, Veretu, Kristante, Bove (Vilyar, 57), Mayoral (Shomurodov, 68), Abraxam (Dzanolo, 67; Darbo, 85).
Ogohlantirishlar: Bove (24), Manchini (32), Von (45), Kumbula (60), Jeferson (71).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.