18:53 / 10.12.2021
2 464

Doston Yoqubov jahon chempionatida 2 ta oltin va 1 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi!

Doston Yoqubov jahon chempionatida 2 ta oltin va 1 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi!
Toshkentda o‘tkazilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida terma jamoamiz ilk medalini qo‘lga kiritdi. -67 kg vazn toifasida ishtirok etgan polvonimiz Doston Yoqubov kun qahramoni bo‘ldi.

Dast ko‘tarish mashqida Yoqubov 144 kg bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi. Siltab ko‘tarish mashqida esa hamyurtimiz kolumbiyalik Fransisko Moskera bilan oltin medal uchun kurash olib borib, yakunda ikki kurash bo‘yicha g‘alabani tantana qildi. Bu terma jamoamiz uchun o‘z yurtimizda o‘tayotgan jahon chempionatida ilk medallar bo‘ldi. Ushbu vazn toifasida Adhamjon Ergashev siltab ko‘tarish mashqida ham medallar uchun kurashda murosasiz bahs olib bordi. Biroq yakunda undan omad yuz o‘girdi.

Og‘ir atletika bo‘yicha JCH, -67 kg:
1. Doston Yoqubov (O‘zbekiston) – 324 kg (144+180)
2. Fransisko Moskera (Kolumbiya) – 316 kg (137+179)
3. Zulfat Garayev (Rossiya) – 315 kg (146+169)

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi bunday ajoyib muvaffaqiyat bilan O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi, Doston Yoqubov va uning yaqinlarini qutlab, keyingi kun dasturlarida ishtirok etadigan vakillarimizga ham omad tilab qoladi.

Manba: Olympic.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Doston Yoqubov jahon chempionatida 2 ta oltin va 1 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi!