2 126
Terma jamoamizning Qozog‘istonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari qaysi telekanalda namoyish etiladi?

Avval xabar berganimizdek, futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 14-15 dekabr kunlari qo‘shni Qozog‘iston poytaxti Nursulton shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi.
Bahodir Ahmedov boshchiligidagi jamoamiz yig‘in doirasida mezbon terma jamoaga qarshi 2 ta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Ushbu ikkala o‘yin ham Sport telekanali orqali jonli efirda namoyish etilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil Litvada bo‘lib o‘tgan futzal bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 1/8 finalgacha yetib borgan bo‘lsa, Qozog‘iston terma jamoasi 4-o‘rinni egallagan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar