3 126
Odil Ahmedov: "Bunyodkor" gullagan davrida uy, mashina va 10-15 baravar ko‘p maosh taklif qilgandi, lekin..."
O‘zbekiston terma jamoasi sobiq sardori Odil Ahmedov "Futbol TV" kanali mehmoni bo‘ldi. Ko‘rsatuv davomida boshlovchi unga "Bunyodkor" klubi gullagan davrda taklif bilan chiqqanmi deb savol berdi.
"O‘sha paytda "Bunyodkor" taklif bilan chiqqan. O‘zing rozi bo‘lsang bo‘ldi, qolganini rahbariyat bilan gaplashib olamiz deyishgan. O‘ylab ko‘raman deb javob berganman. Keyin dadamga shu taklifni aytganman. Uy, mashina, hozir olayotgan pulimdan 10-15 baravar ko‘p pul beraman deyishdi.
Nima qilay deganman? Dadam hech qachon tuzini yeb tuzlig‘inga tupurmagin, kam pul bersa ham "Paxtakor" seni tarbiyaladi, "Paxtakor" seni xalqqa tanitdi, "Paxtakor" orqali sen terma jamoada o‘ynayapsan, shunga klubni rozi qilmasdan turib boshqa jamoaga o‘tishing to‘g‘ri bo‘lmaydi degandilar. Rahmatli dadam doim to‘g‘ri maslahat berardilar.
O‘shanda "Paxtakor" rahbariyati meni qolishimni ko‘proq xohlashgan. Rahbariyat agar klubda qolsang biz uchun katta ish qilgan bo‘lasan deb aytishgandi. Shundan keyin "Bunyodkor"ga "Paxtakor"da qolaman deb javob bergandim", - deydi Odil Ahmedov "Ofsayd" ko‘rsatuvida. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi