21:04 / 29.12.2021
1 129

O‘zbek sportida 2021 yilning eng yaxshilari aniqlandi

O‘zbek sportida 2021 yilning eng yaxshilari aniqlandi
Foto: Turizm va sport vazirligi
Toshkent shahrining Hilton mehmonxonasida 29 dekabr, chorshanba kuni Uzbekistan Sport Awards—2021 marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda turli nominatsiyalar bo‘yicha 2021 yilning eng yaxshilari aniqlandi.

Muxlislar talqiniga ko‘ra, bokschi Bahodir Jalolov yilning eng yaxshi sportchisi deb topildi. Jalolov 2021 yilda Tokio Olimpiya o‘yinlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi.

Respublika Komissiyasi xulosasiga ko‘ra, «Yilning eng yaxshi sportchisi» nominatsiyasiga O‘zbekiston Milliy kubogi g‘olibi, og‘ir atletika bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari va jahon chempioni Akbar Jo‘rayev loyiq ko‘rildi.

Yil kashfiyoti sovrini esa taekvondo bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Ulug‘bek Rashidovga nasib etdi.

Bundan tashqari, marosim davomida quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi:

Yilning eng yaxshi murabbiyi – Tokio—2020 Olimpiya o‘yinlari chempioni Ulug‘bek Rashidovning murabbiyi Xan Pavel;
Yilning eng yaxshi yosh sportchisi – boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempioni Nigina O‘ktamova;
Yilning eng yaxshi yosh sportchisi – erkin kurash bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempioni Kamronbek Kadamov;
Sport sohasidagi xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga qo‘shgan hissasi uchun – Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov;
Yilning eng matonatli erkak sportchisi – parayengil atletika bo‘yicha Tokio—2020 Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi Elbek Sultonov;
Yilning eng matonatli ayol sportchisi – parayengil atletika bo‘yicha Tokio—2020 Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi Nurxon Qurbonova;
Yilning eng yaxshi para sport murabbiyi – parayengil atletika bo‘yicha murabbiy Sardor Abduxoliqov;
Yilning eng yaxshi yosh matonatli sportchisi – para yengil atletika bo‘yicha Tokio—2020 Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi Boburjon Omonov;
Yilning eng yaxshi yosh matonatli sportchisi – para yengil atletika bo‘yicha Tokio—2020 Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi Asila Mirzayorova;
Sport sohasidagi ko‘p yillik xizmati uchun – O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov;
Yilning eng faol ommaviy sport targ‘ibotchisi – Mudofaa vazirligi sport markazi;
Yilning eng faol sport jurnalisti – «Sport TV» telekanali jurnalisti Shafoat Tolibjonova;
Yilning eng faol sport foto muxbiri – O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va «Olamsport.com» sayti foto muxbiri Almurat Mamadaminov;
Yilning eng tomoshabob sport tadbirlari tashkilotchisi – O‘zbekiston aralash jang san’atlari (MMA) assotsiatsiyasi;
Yilning eng faol sport muxlisi – Abdurahmon Fozilov;
Sport yo‘nalishi bo‘yicha yilning eng faol matbuot xizmati – O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi;
Yilning eng faol sport sayti – «Sports.uz» sayti;
Yilning eng yaxshi sport shifokori – Respublika sport tibbiyoti ilmiy amaliy markazi bosh shifokori Dilshodbek Mahmudov;
Yilning eng faol sport blogeri – instabloger, «MY5» telekanali xodimi Hilola Isoqova;
Yilning eng yaxshi sport terma jamoasi – og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi;
Yilning eng faol sport maktabi – Buxoro tumani bolalar-o‘smirlar sport maktabi;
Yilning eng halol hakami – dzyudo bo‘yicha xalqaro toifadagi hakam Ramziddin Saidov;
Yilning eng yaxshi sport federatsiyasi – O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi;
Yilning eng intiluvchan federatsiyasi – O‘zbekiston o‘q otish federatsiyasi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbek sportida 2021 yilning eng yaxshilari aniqlandi