“Nasaf” klubi yetakchisi hamda sardori Umar Eshmurodov doimgidek o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlayapti. Uni Ro‘ziqul Berdiyevning maydondagi “o‘ng qo‘li” desak ham bo‘ladi.
Eshmurodov jamoasi bilan qatnashgan barcha musobaqalarda asqotdi. Masalan, Superligada 24 ta o‘yinda 1 ta gol urdi. Shartnomasi tugayotgan o‘yinchi mavsum yakunlari to‘g‘risida Sports.uz sayti uchun intervyu berdi.
- O‘tgan yilgiga nisbatan bu mavsum biz uchun yaxshiroq o‘tdi, - deya gap boshladi Eshmurodov. - O‘tgan yili kumush medalni olgan bo‘lsak, bu yil O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritdik. Yoqimsiz tomonlari sifatida shuni aytishim mumkinki, tig‘iz taqvim oqibatida chempionatdagi o‘rnimizni yo‘qotib qo‘ydik. Oxirgi o‘yinda medallar uchun kurashda kuchimiz yetmay qoldi. Shuningdek, OFK Kubogi finali ham biz uchun yoqimsiz o‘tdi. O‘shanda yigitlarga ozgina tajriba yetmadi. Lekin finalga chiqqanimizni yaxshi taraflari ham bo‘ldi. Yoshlarimiz bunday katta o‘yinni ko‘rishdi va kelgusida Osiyo Chempionlar ligasi bahslariga shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rishadi. OFK Kubogini yutishni ham juda xohlagandik, afsuski, yutqazib qo‘ydik.
- Aslida “Nasaf” mavsumni sovrinsiz yakunlashi ham mumkin edi. O‘zingiz ta’kidlaganingizdek, chempionatda medallardan quruq qoldinglar, OFK Kubogi qo‘ldan ketdi. Oxirgi imkoniyat O‘zbekiston Kubogi finali edi. O‘sha bahsda jamoa yutqazayotgandi va bir kishi kam bo‘lib qolgandi. O‘ta qiyin vaziyatda “Nasaf” iroda ko‘rsatdi va yakunda Kubokni yutdi. O‘sha o‘yinni eslaganda nimalarni aytgan bo‘lardingiz?
- Bu yil O‘zbekiston Kubogini yutmagan bo‘lganimizda ham 2021 yilni omadsiz o‘tdi, demagan bo‘lardim. O‘tgan yili yaxshi jamoa shakllantirganimizdan keyin bu safar yaxshiroq natijalar ko‘rsatamiz deb turgandik, lekin tarkibdan yana to‘rt nafar futbolchi ketib qoldi. Yana yoshlar chiqdi, yangiroq jamoani tuzishga to‘g‘ri keldi. Shuninng uchun Kubok finalida mag‘lubiyatga uchraganimizda ham yomon mavsum bo‘ldi deya olmasdim. Bilasizmi, o‘sha ikkinchi o‘rin uchun chempionatdagi oxirgi o‘yinda ham, OFK Kubogi finali va O‘zbekiston Kubogi finaliga ham biz juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. Bahrayndagi uchrashuvda yoshlarimizga xalqaro tajriba yetishmadi. Bosimga chidab bera olmadilar. Buni ham ular boshidan o‘tkazishsa keyin biladi-da.
Mana shunday katta o‘yinlar orqali yoshlar o‘sib boradi. AGMKga qarshi Kubok yarim finalidagi bellashuvdan so‘ng, o‘z maydonimizda ikkinchi o‘rin uchun “Lokomotiv”ga qarshi uchrashuvga to‘liq tiklanishga ulgurmadik. Ayniqsa, 70-daqiqadan keyin 10 kishi qolganimizda juda bilindi. O‘zbekiston Kubogi finaliga kelsak, yo‘qotadigan hech narsamiz yo‘q edi. Kubokni yutib, Osiyo Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga ilashib qolishimiz mumkin edi. 2022 yilda faqat O‘zbekiston chempionati bilan cheklanib qolmasdan xalqaro maydonda ham ishtirok etishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ygandik. Osiyo Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga yo‘l olish uchun o‘sha finalda borimizni berdik, bu bizning oxirgi imkoniyatimiz edi. Shunga yarasha “Paxtakor”ga qarshi bellashuvga tayyorgarlik ko‘rishga bir hafta vaqtimiz ham bo‘ldi.
- OFK Kubogi finaliga chiqqani uchun jamoa ma’lum miqdorda mukofotga ega bo‘ldi. Qolaversa, O‘zbekiston Kubogini ham yutdi va shunga yarasha futbolchilar mukofotlandimi?
- O‘sha pullar jamoa hisob-raqamiga kelib tushgan. O‘sha o‘yinlar uchun qancha mukofot pullari aytilgan bo‘lsa, barchasi berilgan. Turnir “Nasaf”ga moliyaviy jihatdan ham ancha foydali bo‘ldi. OFK Kubogi doirasida yutgan o‘yinlarimiz uchun mukofot pullarini olganmiz.
- Sir bo‘lmasa, qancha miqdordan rag‘batlantirishdi?
- OFK Kubogi o‘yinlaridagi g‘alabalarimiz, ayniqsa, jiddiy uchrashuvlar uchun ikki-uch barobar ko‘proq rag‘batlantirildi. Final uchun yaxshiroq va’da berilgandi, ammo g‘alaba qozona olmadik.
- Yaqinda Ro‘ziqul Berdiyev bilan suhbatlashganimizda shartnomangiz tugayotgani haqida aytgandi. Qanday rejalaringiz bor?
- Rejalarim faqat “Nasaf” bilan bog‘liq. 2022 yilda ham jamoa sharafini munosib himoya qilib, Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etmoqchimiz. Xudo xohlasa, shartnomani uzaytiramiz. Bungacha ham rahbarlar bilan shu mavzuda gaplashdik. Yangi yil bayramidan so‘ng yana qolgan narsalarni gaplashib olamiz.
- Balki yaqin orada fikringizni o‘zgartirib yuboradigan jiddiy taklif kelib tushsa, qanday yo‘l tutasiz?
- Mayli, avvalo shunday taklif tushsin-u, lekin men qaror qabul qilib bo‘lganman. “Nasaf” bilan Osiyo Chempionlar ligasida qatnashish uchun oxirigacha kurashdik, o‘zimni ham maqsadim shu edi. Bor bo‘lgan variantlar bilan ham gaplashmaganman. Mening barcha fikrim “Nasaf” bilan bog‘liq. Bildirilgan takliflarga ham yana Qarshida qolishimni aytganman.
Shuhratbek Jo‘rayev
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi