
Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Dos Anos (31-13 MMA, 19-11 UFC) 2020 yil noyabr oyida yana oktagonga qaytib Pol Felderni ochkolar bo‘yicha mag‘lub etgan edi. 2021 yil sog‘liq va jarohatlar sabab jang o‘tkazmagan Dos Anos joriy yilning 19 fevralida bo‘lib o‘tadigan UFC Fight Night turnirida navbatdagi jangini o‘tkazishi ko‘zda tutilgan. U mazkur oqshomda o‘ziga raqib sifatida Toni Fergyusonni (25-6 MMA, 15-4 UFC) ko‘rmoqda.
"Toni Fergyuson 19 fevralga rejalaring bormi? Men faoliyatim so‘ngida senga UFCga qaytish imkonini beraman", - deb yozgan u o‘zining tvitterida.
Eslatib o‘tamiz, ushbu ikki jangchi 2016 yil noyabr oyida o‘zaro to‘qnash kelib, unda Fergyusonning qo‘li baland kelgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar