Bugun "qaldirg‘ochlar"ning murabbiylar shtabiga yangi mutaxassis kelib qo‘shildi. Jamoa rahbariyati Avgustin Chirita bilan 2 yillik shartnoma imzolagan. U "Bunyodkor" futbolchilarining jismoniy holatiga javobgar bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Chirita 1975 yil, 10 oktabrda Ruminiyaning Slatina shahrida tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyati davomida Ruminiya, Ukraina va Isroil klublarida to‘p tepgan. Murabbiylik faoliyatini Ruminiyaning "Olt" klubida boshlagan. Unga "Bunyodkor" begona emas. Chirita avvalroq Sergey Lushchan va Mirjalol Qosimovga ko‘maklashgan edi (2015-2018).
U shuningdek, "So‘g‘diyona" va "Buxoro" jamoalari, bundan tashqari, O‘zbekiston milliy terma jamoasida jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. 47 yoshli mutaxassisning so‘nggi klubi "Navbahor" bo‘lgan edi.
Eslatib o‘tamiz, dekabr oyining oxirida Namangan jamoasi futbolchilarning jismoniy holati bilan shug‘ullanish uchun serbiyalik Aleksandr Stoymirovich bilan shartnoma tuzgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda