
AGMK seleksiya ishlaridagi amalga oshirgan transferlarini e’lon qilishni davom ettiradi.
Faoliyatini Ukrainada «Gornik Sport» jamoasida boshlagan, «Stal», «Sevastopol», «Olimpik» (Donetsk), Isroilning «Makkabi» va «Xapoel» jamoalarida o‘ynagan, shuningdek, Ukrainaning nomdor «Chernomores» sharafini himoya qilgan, Rossiyada «SKA-Xabarovsk» hamda Qozog‘istonda «Okjetpes» va o‘tgan mavsum Tojikiston chempioni «Istiqlol» jamoasida o‘ynab, 2022 yildan erkin agentga aylangan markaziy himoyachi — Andrey Mishchenko AGMK futbol klubi bilan 1 yillik shartnoma imzoladi.
Mishchenko 1991 yil, 7 aprel kuni Ukrainaning Poltavskaya viloyatida tavallud topgan. Futbolchi faoliyati davomida klub tizimida jami 150 o‘yin o‘tkazgan va raqiblar darvozasiga 5ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Endilikda AGMK ahil oilasining a’zosiga aylangan Andrey Mishchenkoga faoliyatidagi yangi chaqiruv omadli va muvaffaqiyatli bo‘lishini tilab, Olmaliqqa xush kelibsan, Andrey deya futbolchini jamoamizga iliq qabul qilamiz!", - deb yozadi AGMK matbuot xizmati. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar