23:39 / 06.01.2022
1 166

Dengiz sathidan 1 820 metr balandlikda, qor ustida polo musobaqasi tashkil etiladi

Dengiz sathidan 1 820 metr balandlikda, qor ustida polo musobaqasi tashkil etiladi
Polo – betakror va ajoyib sport turlaridan biri. Ushbu murakkab va qiziqarli jamoaviy o‘yin turi sportchilardan tana va otni mohirlik bilan, mukammal darajada boshqarish hamda yuqori konsentratsiyani talab qiladi.

Poloning kelib chiqishi ulug‘ ajdodlarimizga borib taqalsada, uning sport turi sifatida shakllanish tarixi Buyuk Britaniya bilan bog‘lanadi. Ingliz mustamlakachilari Hindistonni zabt etishgach, ushbu o‘yinni Britaniyaga olib ketishadi. Yevropada zamonaviy ot poygasi muxlislari jamoaviy o‘yinning yangi qoidalarini o‘ylab topishadi va uni mukammal sport turi sifatida dunyoga olib chiqadi.

O‘zbekiston hududlarida polo sport turiga poydevor vazifasini o‘tab bergan chavgon o‘yini bilan qadimdan shug‘ullanib kelgan, zero ota-bobolarimiz orasida ot poygasi, uloq-ko‘pkari kabi etnosport turlari keng ommalashgan bo‘lsada, biroq mamlakatimizda zamonaviy sport turi sifatida ot polosi yaqindan rivojlana boshlagan.

Jumladan, 2018 yildan Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida polo o‘ynash uchun qulay bo‘lgan polo-poni va qorabayir otlarini ko‘paytirishga bag‘ishlangan yangi zamonaviy majmualar ochish boshlandi. 2020 yilga kelib O‘zbekistonda polo federatsiyasi ochildi.

2021 yil 5 avgustdagi «O‘zbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni 2025 yilgacha rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida»gi Prezident qarori esa yurtimizda poloni rivojlantirishda yangi davrni boshlab berdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Mazkur qarorda belgilab berilgan vazifalarning ijrosi doirasida O‘zbekiston polo federatsiyasi tomonidan 2022 yil 9 yanvar kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida «Amirsoy Polo Cup-2022» musobaqasi tashkil etiladi. Musobaqa O‘zbekistonda ushbu sport turini keng ommalashtirish va yurtimizda ot polosini rivojlantirish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ot polosi bo‘yicha musobaqa 2021 yil yanvar oyida ham «Amirsoy Resort» tog‘ majmuasida o‘tkazilgan edi. Musobaqa dengiz sathidan 1 820 metr balandlikda bo‘lib o‘tadi va O‘zbekistonning baland tog‘li hududida o‘tkazilgan qor polosi bo‘yicha jahon tarixidagi ilk musobaqaga aylanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dengiz sathidan 1 820 metr balandlikda, qor ustida polo musobaqasi tashkil etiladi