
Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 20-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 8 yanvar, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.
«Barselona» «Granada» bilan bahs olib bordi. Lyuk de Yongning 57-daqiqada bosh bilan gol urib, kataloniyaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi, de Yongga Dani Alves assistentlik qildi. 89-daqiqada esa Antonio Puertas muvozanatni tiklab, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Qayd etish kerak, katalonlar 80-daqiqadan boshlab maydonda bir kishi kam bo‘lib harakat qildi. Gaviga qo‘pol harakati uchun ikkinchi sariq kartochka ko‘rsatildi.
Durang natijadan so‘ng Xavi shogirdlari 32 ochko bilan oltinchi o‘rindan joy olgan bo‘lsa, «Granada» 24 ochko bilan o‘n ikkinchi o‘rinda bormoqda.
«Granada» – «Barselona» 1:1
Gol: 0:1 – 57 de Yong, 1:1 — 89 Puertas.
«Granada»: Luish Mashimianu, Kini, Dias (Duarte, 68), Torrente, Neva, Eskudero, Puertas, Gonalon (Montoro, 62), Milya, Bakka, Molina, Suares, Machis (Kolyado, 68).
«Barselona»: ter Stegen, Pike, Erik Garsiya (Langle, 54), Alba, Buskets, Niko Gonsales, Gavi, Dani Alves, Jujla (Ezzalzuli, 61), de Yong (Depay, 61), Dembele (Alvaro Sans, 82).
Ogohlantirishlar: Gavi (22), Gonalon (31), Langle (56), Depay (69), Ezzalzuli (83), Bakka (90+3).
Chetlatish: Gavi (79). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar